Iqtisodiyot

NRG-BI va InfinBANK yangi Fayzli Ipoteka mahsulotini taqdim etdi

InfinBANK va NRG-BI ko‘chmas mulk xaridorlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish va hamyonbop ipoteka yechimlarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

NRG-BI va InfinBANK yangi Fayzli Ipoteka mahsulotini taqdim etdi

InfinBANK bilan yo‘lga qo‘yilgan yangi hamkorlik doirasida NRG-BI kompaniyasi loyihalaridan uy-joyni qulay shartlarda xarid qilish uchun ishlab chiqilgan yangi Fayzli Ipoteka mahsuloti taqdim etildi.

Mahsulot shartlari:

Dasturda ishtirok etayotgan NRG-BI loyihalarida xonadonlar mavjud:

16,99% dan boshlanadigan foydali stavka hamda bank shartlari va NRG-BI taklifining uyg‘unligi yangi mahsulotning asosiy jihatlaridan biri bo‘lib, bu mijozlarga o‘z uy-joyini xarid qilishning yanada tushunarli va qulay yo‘lini taqdim etadi.

“Biz uchun ushbu hamkorlik ko‘chmas mulk xarid qilish jarayonini mijozlarimiz uchun yanada tushunarli va qulay qilish imkoniyatidir. Xaridorlarga yangi yechim taklif qilish maqsadida biz NRG-BI'ning turar joy loyihalarini yaratishdagi tajribasini va InfinBANK’ning ipoteka kreditlashdagi imkoniyatlarini birlashtirmoqdamiz”, — deb ta’kidladi NRG-BI direktori Dias Adilxanov.

“NRG-BI bilan hamkorlikdagi yangi ipoteka mahsulotimiz bozor talablariga javob berishga qaratilgan. Biz shunchaki moliyalashtirishni taklif qilishga emas, balki mijozning xonadon xarid qilish yo‘lini imkon qadar muammosiz va qulay qilishga intildik. Hozirgi kunda ushbu loyiha bankimiz tomonidan ipoteka bozorida taqdim etilayotgan eng istiqbolli va manfaatli takliflardan biri hisoblanadi”, — dedi InfinBANK boshqaruv raisi o‘rinbosari Pulat Salimov.

Mazkur kelishuv NRG-BI va InfinBANK o‘rtasidagi uzoq muddatli strategik hamkorlikka asos yaratadi. Kompaniyalar kelgusida qo‘shma ipoteka yechimlarini rivojlantirish hamda ko‘chmas mulk xaridorlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.