Infantino FIFA rahbarligiga saylovlarda oʻz nomzodini qoʻyishini tasdiqladi
Avvalroq qator mamlakatlar FIFA rahbarligiga saylovlarda Janni Infantinoni qoʻllab-quvvatlashdan voz kechgandi.

Infantino FIFA rahbarligiga saylovlarda oʻz nomzodini qoʻyishini tasdiqladi
FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot rahbarligiga boʻladigan navbatdagi saylovlarda yana nomzodini ilgari surishini maʼlum qildi.
«Albatta, kelasi yilgi saylovlarda nomzodimni qoʻyaman. Mening dasturim yoki shiorim juda oddiy, ammo shu bilan birga juda aniq: «Futbol butun dunyodagi barchaga tegishli». Biz shunga intilmoqdamiz. Men shunga intilmoqdaman», – dedi u.
Infantino bilan bogʻliq mojaro FIFA prezidentining jahon futboli daromadlarini boshqarish tizimini isloh qilish rejalari fonida kuchaygan edi. Iyul oyi oxirida shveysariyalik mulozim jahon chempionatlari va boshqa yirik turnirlar uchun barcha media, homiylik va boshqa huquqlarni aksiyalarining bir qismini tashqi investorlarga sotish rejalashtirilgan alohida tuzilmaga oʻtkazmoqchi ekani maʼlum boʻldi.
Bu tashabbus darhol keskin salbiy munosabat uygʻotdi: UEFA turnirlarni boykot qilish bilan tahdid qildi, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL ham tanqid bildirdi.
Qator mamlakatlar FIFA rahbarligiga saylovlarda Infantinoni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi.

