Indoneziyada benzin tanqisligi yuzaga keldi. Video

Indoneziyada benzin tanqisligi qayd etildi. Video
Indoneziyaning Bali orolida benzin tanqisligi yuzaga keldi: avtozapravkalarda uzun navbatlar hosil boʻldi, baʼzi avtomobillar va mototsikllar esa baklari boʻshab qolgani sababli toʻxtab qolmoqda. Mahalliy Pertamina neft-gaz kompaniyasi 14 va 16 oktyabr kunlari kutilayotgan qoʻshimcha 26,2 million litr yonilgʻi yetkazib berilishi haqida xabar berdi.
Mahalliy OAV maʼlumotlariga koʻra, 12 oktyabr kuni Pertalite va Pertamax markali benzin tanqisligi Denpasar, Badung, Djembrana va Kutaning turistik hududlariga taʼsir koʻrsatdi. Haydovchilardan biri beshta zapravkani aylanib chiqqan, ammo yonilgʻi topa olmagan. Djembrana tumanida tanqislik 14 ta AZSga taʼsir qildi.
Mahalliy zapravkalar xodimlari uzilishlar sabablari qatorida dengiz orqali yetkazib berishdagi kechikishlarni tilga olmoqda. Tankerlarning oʻz vaqtida yetib kelmagani sababli yonilgʻi zaxiralari kamaya boshladi, ommabop Pertalite benziniga boʻlgan yuqori talab esa ularning tugashini tezlashtirdi.
Politsiya navbatlar tirbandlik keltirib chiqarayotgan zapravkalar yaqinida harakatni tartibga solmoqda.
Avvalroq, 11 oktyabr kuni orolga 20 million litrdan ortiq benzin keltirilgan edi, biroq uzilishlar davom etdi. Hokimiyat organlari taʼminot toʻliq tiklanishining aniq sanasini hozircha ochiqlamadi.

