Mahalliy

Imtiyozli toifadagi fuqarolarga bepul davolanish uchun yo‘llanma qanday beriladi?

Statsionar davolanish zarur bo‘lsa, bemor DMED tizimi orqali elektron yo‘llanma asosida tuman yoki shahar ko‘p

**Imtiyozli toifadagi fuqarolarga bepul davolanish uchun yo‘llanma qanday beriladi?**

Imtiyozli toifaga mansub fuqarolar davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam olish uchun biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qilishi kerak. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Amaldagi tartibga binoan, oilaviy shifokor bemorni ko‘rikdan o‘tkazib, uning ambulator yoki statsionar davolanishga ehtiyoji bor-yo‘qligini aniqlaydi. Agar statsionar davolanish zarur deb topilsa, bemor DMED tizimi orqali elektron yo‘llanma asosida tuman yoki shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi tor soha mutaxassisiga yuboriladi.

Mutaxassis zaruratga qarab qo‘shimcha laboratoriya va instrumental tekshiruvlarni belgilaydi. Bemorni shifoxonada davolash kerakligi aniqlansa, tekshiruv natijalari va tegishli xulosa DMED tizimiga kiritiladi. Bemorning imtiyozli toifaga mansubligi esa axborot tizimlarining integratsiyasi orqali aniqlanadi.

Keyin bemorning hujjatlari hududiy tibbiy tanlov komissiyasiga yo‘naltiriladi. Komissiya zarur davolash turini hamda bemorni tuman-shahar, viloyat yoki respublika darajasidagi qaysi tibbiy muassasada davolash maqsadga muvofiqligini belgilaydi.

Agar respublika darajasida davolanish kerak deb topilsa, bemorning o‘zi emas, balki uning hujjatlari DMED tizimi orqali respublika komissiyasiga yuboriladi. Komissiya davolanishni tasdiqlashi yoki bemorni hudud darajasida davolash mumkinligi haqida xulosa berishi mumkin.

Respublika darajasida davolanish tasdiqlangach, bemor tibbiy muassasani tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Tanlov bemorning o‘zi yoki uning xohishiga ko‘ra oilaviy shifokor tomonidan DMED tizimi orqali amalga oshiriladi.

Tizimda bemorning tashxisi va zarur tibbiy amaliyot bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat etilgan davlat hamda nodavlat tibbiy muassasalar ro‘yxati shakllantiriladi. Bemor shu ro‘yxatdan o‘ziga ma’qul muassasani 30 kun ichida tanlab, yo‘llanmani tasdiqlashi lozim.

Shundan so‘ng bemor tegishli yo‘nalish bo‘yicha elektron navbatga qo‘yiladi. Navbat kelganda yo‘llanma avtomatik tarzda tasdiqlanadi va tibbiy muassasa bemorni xabardor qiladi.

Yo‘llanma tasdiqlangan kundan boshlab bemor 10 kun ichida tibbiy muassasaga murojaat qilishi kerak. Aks holda yo‘llanma o‘z kuchini yo‘qotadi va bemor qaytadan navbatga turishga majbur bo‘ladi.

Davolash va tashxislash belgilangan standartlar, klinik protokollar hamda tibbiy ko‘rsatmalar asosida olib boriladi. Muolaja uchun zarur dori vositalari, qimmatbaho tibbiy buyumlar va boshqa tegishli xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shu sababli mazkur davolanish doirasida bemordan qo‘shimcha to‘lov olinmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.