«Imarat Development» rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Poytaxtda vaʼda qilingan yangi uylar aslida Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida qurilayotgani maʼlum bölgaç, xaridorlar kvartira pulini qaytarişni talab qilişgan. Tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği nazoratiga olingan.

«Imarat Development» rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi Sergeli tumanidagi Buyuk avlod ko‘chasida joylashgan «Imarat Development» mas’uliyati cheklangan jamiyati (MChJ) rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Idora matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, bir guruh fuqarolar huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, mazkur MChJ faoliyati yuzasidan ishonchsizlik bildirgan va jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida aniqlanishicha, poytaxtda qurilishi va’da qilingan yangi uylar aslida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida qurilayotgani ma’lum bo‘lgach, xaridorlar norozilik bildirib, pulini qaytarishni talab qilishgan. Biroq to‘lovlar qaytarilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ikki moddasi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:
168-modda («Firibgarlik»);
192 prim.11-moddasi («Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish»).
Tergov harakatlari Toshkent shahar IIBB boshligi hamda prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tergov natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ta’kidlangan.

