Mahalliy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasining sobiq rahbari ustidan jinoyat ishi ochildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, materiallar sudga yuborildi.

“Daryo” tanishgan sud majlisiga tayinlangan ishlar ro‘yxatiga ko‘ra, unga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Mazkur jinoyat ishi 21-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Yunusjon Nasimjonov 2021–2026-yillarda Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 2026-yil 27-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda uni lavozimidan olish, faoliyatini o‘rganish va qonun ustuvorligini ta’minlash topshirilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.