Ilon Mask kompaniyasi Abu-Dabida yerosti transport tarmoğini qurişi mumkin
Abu-Dabi Ilon Mask asos solgan The Boring Company bilan yerosti transport tizimlari va muhandislik kommunikatsiyalari uçun tunnellar quriş imkoniyatlarini örganmoqçi. Tomonlar imzolagan kelişuv amirlikda bunday loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari, quriliş usullari va ulardan foydalaniş modellarini baholaşni nazarda tutadi.

Ilon Mask kompaniyasi Abu-Dabida yerosti transport tarmoğini qurişi mumkin
Abu-Dabi loyihalar va infratuzilma markazi - ADPIC Amerikaning The Boring Company kompaniyasi bilan kelişuv imzoladi. Ilon Mask asos solgan bu kompaniya tunnel qazişning ilğor texnologiyalari va infratuzilma qurilişiga ixtisoslaşgan.
Hujjat Abu-Dabida ötkazilgan Liveability and Investment Exhibition - LIVEX 2026 körgazmasi doirasida imzolangan. Uni ADPIC nomidan markaz boş direktori, muhandis Meysara Mahmud Salim Eyd, The Boring Company nomidan esa kompaniya prezidenti Stiv Devis imzolagan.
Hamkorlik doirasida tomonlar amirlikda yerosti transport tizimlari, muhandislik kommunikatsiyalarini ötkaziş uchun tunnellar va ularga boğliq boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etiş imkoniyatlarini örganadi.
Bunday yeçimlar hududlar örtasidagi transport boğliqligini yaxşilaş, şahar infratuzilmasi tizimlarining işonçliligini oşiriş va Abu-Dabining barqaror rivojlanişiga hissa qöşişi mumkinligi baholanadi.
Loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini tahlil qilişda xalqaro tajriba va jahondagi ilğor amaliyotlardan foydalaniş rejalaştirilgan. Bunda tunnellarni qanday quriş, tayyor obyektlardan qay tartibda foydalaniş va ularni qanday boşqariş masalalari ham körib çiqiladi.
Şu bilan birga, tomonlar mahalliy mutaxassislarning bilim va könikmalarini rivojlantirişga kömaklaşmoqçi. Abu-Dabini tunnel qazişning ilğor texnologiyalari va yerosti infratuzilmasi qurilişi böyiça mintaqaviy markazga aylantiriş istiqbollari ham örganiladi.
Kelişuv yerosti transporti, muhandislik kommunikatsiyalari tunnellari va ularga tutaş infratuzilma böyiça texnik hamda strategik maslahatlaşuvlarni nazarda tutadi.
Mutaxassislar tunnellarni rejalaştiriş, zamonaviy tunnel qaziş texnologiyalarini qöllaş, quriliş usullari va xavfsizlik standartlari böyiça tajriba almaşadi. Şuningdek, obyektlardan foydalaniş, ularga texnik xizmat körsatiş, raqamli loyihalaş, avtomatlaştiriş va infratuzilmani butun xizmat muddati davomida boşqariş masalalari ham hamkorlik yönalişlari qatoriga kiritilgan.
Avvalroq The Boring Company «Dubay halqasi» - Dubai Loop loyihasini quriş uchun ruxsat olgan edi. Rejaga köra, uzunligi 17 kilometr bölgan tunnellar tizimi Birlaşgan Arab Amirliklarining eng yirik shahri - Dubayning eng serqatnov hududlarini özaro boğlaydi.

