Ilmiy-innovatsion tashkilotlar reyestri yaratilmoqda
Ilmiy-innovatsion faoliyat subʼyektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlari hisobini yuritish nazarda tutilgan.

Ilmiy-innovatsion tashkilotlar reyestri yaratilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 31.10.2026 yildagi 604-son qarori bilan Ilmiy-innovatsion yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan subʼyektlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat bilan quyidagi tartiblar belgilanmoqda:
- Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarga identifikatsiya raqamlarini berish uchun masʼuldir.
- Ilmiy-innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali yagona elektron maʼlumotlar bazasida toʻplanadi.
- Yagona elektron maʼlumotlar bazasidagi statistik maʼlumotlar «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Milliy statistika qoʻmitasiga uzatiladi.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 03.11.2026 yildan kuchga kirdi.

