Yangi uzum navlarini yetishtirish uchun tajriba stantsiyasi tashkil etilmoqda
Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida oʻsimliklarni «in vitro» usulida yetishtirish texnologiyasini joriy etish, uzumning yangi navlarini tarqatish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy resurs tejovchi uslublarni tatbiq etish boʻyicha tajriba stantsiyasi tashkil etiladi.

Yangi uzum navlarini yetishtirish boʻyicha tajriba stantsiyasi tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 17.09.2026 yildagi «Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 491-son qarori bilan bir qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Hujjat bilan Samarqand viloyati Ishtixon tumani tajribasi asosida «Kishmish Sogdiana», «Qora kishmish» va «Avatar» yangi uzum navlarini «in vitro» sharoitida koʻpaytirishni joriy etish va keng tarqatish maqsadida akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti muassisligida tajriba stantsiyasini tashkil etish belgilangan.
Hujjatga muvofiq, yer uchastkalari (roʻyxat boʻyicha) tajriba stantsiyasiga hamda Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Selektsiya ilmiy-tadqiqot markaziga ijaraga beriladi.
Tajriba stantsiyasi uchun ajratilgan yer maydonida uzumzorlar barpo etish, uzum hosildorligini oshirish, shuningdek, olingan ilmiy-amaliy natijalar, resurs tejovchi tajribalar, zamonaviy texnologiya va usullarni sinovdan oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish rejalashtirilgan.
Selektsiya markaziga ajratilgan yerlardan quyidagilar uchun ham foydalaniladi:
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 18.09.2026 yildan kuchga kirdi.

