Mahalliy

Ikki vokzal, aeroport va avtovokzal: Toşkentda yagona transport boğlamasi yaratilişi mumkin

2027-yil iyuldan «Toşkent-Şimoliy» va «Toşkent-Janubiy» temiryöl vokzallari, «Toşkent» xalqaro aeroporti hamda «Toşkent» markaziy avtovokzalini özaro boğlovçi yagona transport boğlamasini yaratiş taklif qilinmoqda.

Ikki vokzal, aeroport va avtovokzal: Toshkentda yagona transport bog‘lamasi yaratilishi mumkin

Bu mahalliy yo‘lovchi tashuvlarini 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash haqidagi qaror loyihasida nazarda tutilgan.

Taklif Toshkent shahri va Toshkent viloyatida transport qatnovlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Maqsad — poyezd, samolyot va avtobusdan foydalanadigan yo‘lovchilar uchun bir transport turidan boshqasiga o‘tishni qulaylashtirish.

Loyihada Chirchiq, Yangiyo‘l, Angren va Olmaliqdan keluvchi yo‘lovchilar uchun shahar atrofi elektropoyezdlari qatnovlari sonini 1,5 barobarga oshirish ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, metro bekatlariga bevosita transfer tashkil etish taklif qilinmoqda.

Transport turlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaxshilash uchun harakat jadvallarini ham qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilgan. Bunda avtobuslar qatnov vaqtini yo‘lovchi poyezdlari va aviareyslar jadvaliga muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda.

Hujjat hozircha loyiha bo‘lib, mazkur choralar taklif sifatida keltirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.