Toshkentning yangi aeroportini Shimoliy vokzal bilan temir yoʻl orqali bogʻlashlari mumkin

Toshkentning yangi aeroportini «Toshkent-Shimoliy» vokzali bilan temir yoʻl tarmogʻi orqali bogʻlashlari mumkin. Bunday loyiha yoʻlovchi tashishni 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasiga kiritilgan boʻlib, u hozirda muhokama bosqichida turibdi.
Hujjatga koʻra, 2030 yilgacha Oʻzbekistonda aeroportlarni vokzallar bilan bogʻlaydigan uchta temir yoʻl liniyasini qurish rejalashtirilmoqda. Toshkentdan tashqari, bunday yoʻnalishlar Buxoro va Urganchda ham koʻzda tutilgan. Loyihada Parkent — Yangi Toshkent uchastkasi ham tilga olingan.
Birinchi liniyani 2026 yilda, yana ikkitasini — 2029 yilgacha qurish niyatidalar. Barcha uchta loyihani 2030 yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda. Toshkent va Buxorodagi liniyalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlarini jalb qilish taklif etilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu ikki loyiha uchun 2029 yilda taxminan 30,6 million dollar, 2030 yilda esa 37,4 million dollar ajratilgan. Bunda har bir obʼyektning qiymati alohida aniqlashtirilmagan.
Bundan tashqari, 2027 yil iyul oyidan boshlab Toshkent aglomeratsiyasida «Toshkent-Shimoliy» va «Toshkent-Janubiy» vokzallari, «Toshkent» xalqaro aeroporti va markaziy avtovokzalni birlashtiradigan yagona transport tizimini yaratish rejalashtirilmoqda.
Ushbu rejalar doirasida Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren va Olmaliqdan qanaydigan elektr poyezdlari sonini bir yarim baravarga oshirishjmoqchi. Yoʻlovchilar uchun metroga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyati ham koʻzda tutiladi.
Yana bir chora — poyezdlar, samolyotlar va avtobuslarga chipta sotib olish mumkin boʻlgan «Bir yoʻl» yagona elektron platformasini yaratishdir. shuningdek, aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va avtovokzallar oʻrtasida 20 ta avtobus yoʻnalishini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Jamlanuvchi transport turlari oʻrtasidagi oʻtish vaqtini 20 daqiqadan 10 daqiqagacha qisqartirish niyatidalar.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2025 yil 25 noyabrdagi qarorida qurilishi koʻzda tutilgan Toshkentning yangi xalqaro aeroporti 1 310 gektar maydonni egallaydi.
Birinchi bosqichda bu yerda uzunligi 4 kilometrdan boʻlgan ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagi, maydoni 208 ming kvadrat metr boʻlgan yoʻlovchi terminali, havo kemalari uchun 98 ta toʻxtash joyi, yonilgʻi quyish majmuasi va dispetcherlik minorasini qurish rejalashtirilgan. Kelishuv shartlariga koʻra, xususiy konsortsium yoʻlovchi terminali va vokzal oldi maydonini qurish hamda keyinchalik undan foydalanish bilan shugʻullanadi, davlat tomoniga esa aerodrom majmuasini qurish va undan foydalanish vazifasi yuklatilgan.
Aeroportni foydalanishga topshirish 2030 yil oxiriga moʻljallangan boʻlib, ushbu tadbirdan soʻng u yiliga 20 milliongacha yoʻlovchi va 300 ming tonnagacha yukga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi hamda mamlakatning transport va logistika infratuzilmasining asosiy elementlaridan biriga aylanadi.

