Layfstayl

«Ijod mendan qanday boʻlish kerakligini soʻramaydi». Laylo — ijod tabiati, Yevropadagi chiqishlar va Sublimation’dan kutilayotgan umidlar haqida

Dam olish kunlari Toshkentda Sublimation Festival boʻlib oʻtmoqda. Muhim musiqiy tadbir kuratorlari anʼanaga koʻra mamlakatning mustaqil sahnasiga alohida eʼtibor qaratmoqda va bu yilgi laynapda Laylo ismi ajralib turibdi. Biz sanʼatkor bilan uning xorijiy gastroli, musiqa yozishga boʻlgan yondashuvi va SIga boʻlgan munosabati haqida suhbatlashdik.

«Ijod mendan qanday boʻlishini soʻrab oʻtirmaydi». Laylo — ijod tabiati, Yevropadagi chiqishlar va Sublimation’dan kutilayotgan umidlar haqida

10 va 11 oktyabr kunlari «Turkiston» Sanʼat saroyida har yilgi Sublimation Festival elektron musiqa festivali boʻlib oʻtadi. Toʻrtinchi yiliga kelib, tashkilotchilar koʻp janrli formatga tobora koʻproq urgʻu bermoqdalar: laynap reyvlar dunyosidan boʻlmagan yangi nomlar bilan boyimoqda, loyihaga esa yangi xalqaro prodakshn ham qoʻshilmoqda — bu gal The Weeknd, Drake va boshqa jahon yulduzlarining yorugʻlik shoulari ortida turgan Sila Sveta multimedia jamoasi timsolida.

Festival ishtirokchilari orasida oʻquvchilarga tanish xonanda Laylo Rixsiyeva ham bor. Sentyabr oyida u Qozogʻiston, Germaniya va Angliyada chiqish qildi, uyga qaytgach esa, nukta musiqiy kanali muallifi Georgiy Shvanov bilan musiqa yaratishga boʻlgan yondashuvi haqidagi fikrlari va industriya borasidagi kuzatuvlari bilan oʻrtoqlashdi.

— Tur juda yaxshi oʻtdi. Boshqa hududlardan boʻlgan odamlar sizga qanday munosabat bildirishini kuzatish hamisha qiziq. Hatto chet elda ham Markaziy Osiyodan juda koʻp odamlar kelgani yoqimli boʻldi. Bu turda shuni anglab yetdimki: qayerga bormaylik, musiqangizni qoʻllab-quvvatlash uchun yurtdoshlaringiz albatta kelishadi.

— Yoʻq, men prodyusersiz ishlayman. Jamoada bor-yogʻi ikki kishimiz: men va menejerim. Shunchaki turli mamlakatlardan bir vaqtning oʻzida takliflar tushdi, shu sababli chiqishlar oʻz-oʻzidan oʻziga xos turga aylanib ketdi.

Berlinga bizni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Pop-Kultur festivalining oʻzi taklif qildi. Ular Markaziy Osiyoda artistlarni skauting qilishayotgan edi va mening ijodim ularga maʼqul keldi. Ehtimol, koʻp jihatdan ingliz tili tufayli uni tushuna olishgani uchundir.

London haqida gapiradigan boʻlsak, bu Viktoriya va Albert muzeyi hamda uning muntazam oʻtkaziladigan Friday Late tadbirlar dasturi edi. Kuratorlar Markaziy Osiyo yoʻnalishiga urgʻu berishdi, safarimizni esa Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi homiylik qildi. Albomim vorislik va meros mavzusiga daxldor boʻlgani uchun, men u yerga kayfiyat jihatidan juda mos tushdim (Viktoriya va Albert muzeyi amaliy sanʼatga bagʻishlangan — tahr. izohi).

— Toʻgʻrisini aytsam, hammasi juda individual. Oʻzim uchun shuni payqadimki: agar xorijiy bozorda ishlamoqchi boʻlsangiz, oʻzingizni undan ajratib qoʻymasligingiz kerak.

Humo Arena yoki muayyan miqdordagi strimlarni oʻz maqsadingiz deb oʻylamang — yaxshisi, artistning kontseptsiyasi va oʻzingiz yonib yashayotgan gʻoyalar haqida oʻylang. Qayerga bormoqchisiz, 5–10 yildan keyin oʻzingizni qayerda koʻrasiz?

Diqqatni shaxsiy brendingiz va ilgari surish usulingizga emas, aynan nima yaratayotganingizga qaratish lozim. Toki bu undan manfaat olish ilinjida tizzada besh daqiqada xom-xatala tayyorlangan yuzaki mahsulot boʻlib qolmasin. Chuqur hikoyalarga shoʻngʻishdan va oʻz dastxatingizga ega artist sifatida oʻsishdan qoʻrqmaslik kerak.

Bizning bozorimiz muqobil ijod nuqtai nazaridan ancha yosh, shuning uchun bularning barchasi endigina kurtak yozib, qaysidir mevalarni bera boshlamoqda. Chet eldagi odamlarni hayratda qoldirish uchun esa yetarlicha chuqur narsa taklif qilish kerak.

— Toʻgʻrisini aytsam, Batyr Lab’ga tushganimda, «Roots» allaqachon miksing bosqichida edi. Svedeniye va masteringni tugatib, platformalarga yuborish qolgandi, xolos. Batyr Lab’da, albatta, mentorlik bor edi, oʻzida ham juda koʻp qirrali. Asosiy maʼruzalar trekning oʻzi ustida ishlashga emas, balki u tayyor boʻlganidan keyingi ishga bagʻishlangandi: uni qanday ilgari surish, pitching qilish, chiqarish, qaysi maydonchalarda chiqish va hokazo. Aynan menga kerak boʻlgan narsalar.

Rezidentsiya doirasida grant oldim, buning sharofati bilan albomni yakunlab, hammasini oxirgi taqdim etiladigan holatga keltira oldim. Mentorlar hech qachon gʻoyaning oʻziga aralashishmadi va: «Yoʻq, buni oʻzgartirishing kerak, buni qilishing kerak», deyishmadi. Aksincha, ular bizni va mustaqilligimizni qoʻllab-quvvatlashdi. Haqiqiy mentorlar qaysidir maʼnoda oʻzini shunday tutishi kerak.

Bu men uchun juda tetiklik bagʻishlaydigan tajriba boʻldi, ayniqsa Oʻzbekiston bilan solishtirganda. Bu yerda tez-tez musiqa industriyasiga aloqasi boʻlmagan odamlar ham sizga qanday musiqa yozishni oʻrgata boshlashadi. Masalan, videograflar oldiga borib, biror narsa suratga olishda yordam soʻraysiz, ular esa: «Senga shunday suratga olishim uchun ashulangni mana bunday tuzatishing kerak», deyishadi. Bu gʻalati. Nazarimda, har kim oʻz ishiga eʼtibor qaratishi kerak. Qozogʻistonda esa badiiy qarashingizga boʻlgan hurmat menga yoqdi.

Mentorlar maslahat bera olishlari, lekin shu bilan birga chegarani aniq belgilashlari zoʻr: maslahat bor va artistning gʻoyasi bor. Mentorning fikri boshqacha boʻlgani uchungina uni oʻzgartirishga majbur emassiz. Bu juda goʻzal tarzda taqdim etildi va aytildi. Oʻsha paytda men Qozogʻistonda sizga aytilgan narsani hamisha ham eshitish shart emasligini angladim. Siz haqiqatan ham ishongan narsalarda oʻz nuqtai nazaringizni himoya qila olasiz va katta ehtimol bilan bu ish beradi.

«Half-Blood» qoʻshigʻi bilan shunday boʻldi. Uni qilayotganimda shubhalar koʻp edi. Albom ustida tirishib oʻtirganimda, mentorlarimizdan biri: «Agar u senga hech narsa bermasa, portlab ketmasa, nima qilasan?» deb soʻragani yaxshi yodimda. Men unga qarab: «U portlamay qolishi mumkin emas», dedim. Men aynan «Half-Blood»ga shunchalik ishonardim. Hatto uning portlamasligi haqidagi fikr ham meni qoʻrqitmadi. Bu umuman nimani anglatadi? Billionlab koʻrishlar, Billboard Chart’ga kirishmi?

Menga bunday natija kerak emas edi.

Men gʻoyamning — musiqadan tortib videogacha — ishlayotganini koʻrishni xohlardim.

«Home» muvaffaqiyati tasodif emasligini va menda hisoblab chiqilgan tizim borligini koʻrmoqchi edim, «Half-Blood» esa muallif sifatida buni menga isbotladi. (Trek chiqqandan soʻng Moya volna tavsiyalari orqali Yandex Music’da zudlik bilan virusday tarqalib ketdi, buning sharofati bilan Laylo UCHQUN pleylistiga kirdi.)

— Shunday boʻlib qoladi. Oʻzim haqimda: «Yoʻq, men faqat ijtimoiy muammolar haqida qoʻshiqlar chiqaraman», deya olmayman. Bunday niyat yoʻq. Ehtimol, hozir nainotki shunday davrdir. Shu bilan birga, barcha ijtimoiy ijod shunday boʻlishi kerak deb hisoblamayman. Tuygʻular haqida yozilgan ajoyib asarlar bor va ular hali ham goʻzal, talabgir va h.k.

Oldinda nima haqida yozishimni oʻzim ham bilmayman. Afsuski, ijod mendan qanday boʻlishini soʻrab oʻtirmaydi. Odatda boshingizga bir narsa tushadi va gʻoya moddiy shakl olishi uchun nima qilish kerakligini hal qilishga majbur boʻlasiz. Gʻoya sizning xohishingizdan qatʼi nazar keladi.

— Ha, albatta, sinesteziya kabi hodisa sababli bu menga juda yaqin. Bu sezgi va qabul qilish aʼzolaringiz oʻzaro bogʻliq boʻlgan holatdir. Mening holatimda bu shunday ishlaydi: men musiqani avval miyamda koʻraman va shundan keyingina uni yangrata olaman. Yoki aksincha: agar avval kuyni eshitsam, keyin chizish kerak boʻlgan tasvir keladi. Bu ikkala tomonga ham ishlaydi, shuning uchun birini boshqasidan ajrata olmayman.

Vizualni yaratishga hammasini katta prodakshn-studiyalarga topshirganimdan koʻra ancha koʻp vaqt ketsa-da, xayolimda gʻoya shunchalik aniq boʻlsa, vaqt ajratib, hammasini oʻzim qilganim maʼqul. Barbir kutishga, kompromissga borishga toʻgʻri keladi. Bu endi mening gʻoyam emas, balki kollaboratsiya boʻlib qoladi.

— Qaysidir vaziyatlarga duch kelganimda yoki baʼzi odamlarni koʻrganimda, ularni boshqa shaklda qabul qilishim mumkin. Oʻziga xos muhiti boʻlgan muayyan joylarda boʻlib qolsam, uni biror fizik hodisa sifatida talqin qila olaman.

Masalan, yaqinda Toshkentdagi koreyalik musiqa festivaliga bordik va u yerda odamlar shunchalik koʻp ediki, menda xuddi marvarid munchoqlar uyumi ustida turgandek hissiyot, koʻz oldimda aniq tasvir paydo boʻldi. Bu ancha notipik qabul qilish, katta ehtimol bilan, bu ham sinesteziya bilan bogʻliq. Shunchaki maishiy planda, agar undan keyin hech narsa yaratmasangiz, buni his qilish ancha gʻalati. Undan qiziqarli metafora sifatida foydalanish mumkin.

— Sunʼiy intellekt boʻyicha nasihat oʻqimayman. Foydalanishni xohlaganlar foydalanishi mumkin.

Mening holatimda, agar sanʼat yaratish uchun SIdan foydalana boshlasangiz, oʻzingizni eng asosiy narsadan — jarayon zavqidan mahrum qilasiz. Chunqi SI juda tez, oson va toʻsiqlarsiz natija beradi. Agar, albatta, generatsiyalar sonini ijodning murakkab yoʻli deb atamasak... Bunday ijodning qiymati pasaya boshlaydigandek tuyuladi.

Albatta, generatsiya qilingan, zoʻr tuyuladigan ishlar bor, lekin qanchalik xudbinlik boʻlib eshitilmasin, men musiqa bilan shugʻullanaman, chunki u meni quvontiradi. Hatto vizual qismni yaratish ham menga zavq bagʻishlaydi. Shu bilan birga, SIga haqiqatan ham murojaat qilish mumkin boʻlgan vaziyatlar mavjud.

Masalan, yaratuvchilik resursingizni faqat operativ, tashkiliy faoliyatga sarflaydigan zerikarli tasklarni topshirish uchun. Qoʻlda qilish oʻrniga, yoʻlakchadan oʻzimga yoqqan biror tovushni tortib olgim kelganida, SI-plaginlaridan foydalanaman. Yoki allaqachon mavjud boʻlgan yoʻlakchaning yangrashini biroz oʻzgartirish uchun, lekin topa olmayotgan biror spetsifik tovush kerak boʻlganda. Bunday yoʻsinda SIni jalb qilishim mumkin, lekin u men uchun gʻoyalar generatsiya qilishi uchun emas.

— Hozirgi vaqtda elektron musiqaga juda shoʻngʻib ketganman deya olmayman — meni, aksincha, jonli musiqa dunyosi olib ketdi. Albomim ham qisman elektron yoʻnalishda yozilgan boʻlsa-da, guruh bilan u yerdagi qoʻshiqlarni aynan live-formatga moslab toʻliq qayta ishlayapmiz. Menga har bir chiqish oldingisidan farq qilishi yoqadi, chunki siz endi shunchaki softda ishlamaysiz, balki maydonchada yigʻilasiz, muzikantlar bilan tajriba oʻtkazasiz, trekni oʻzgartirasiz, uni moslashtirasiz.

Mening chiqishim juda jonli boʻlishi rejalashtirilmoqda: torli sozlar, fleyta boʻladi... Toʻplamda bu cholgʻular yozuvda yoʻq, lekin tarkibimizga qaysi muzikantlar qoʻshilishni xohlashiga qarab — har safar yangilarini qoʻshish biz uchun shunchaki maroqli.

Elektron musiqadagi kelajak rejalariga kelsak, bilmayman. Agar miyamda elektron musiqadek yangraydigan gʻoya tugʻilsa, men ham bu dunyoga uchib kirishim ehtimoldan holi emas.

Men — oʻz gʻoyalarimning asirasiman. Ular xayolimga kelmagunicha, men hatto bu yoʻnalishda oʻylashni ham boshlay olmayman.

— Ha, shunday artistlar bor. Toʻgʻrisini aytsam, men OnBr guruhi bilan birga shunday fitni yozib boʻldim. Jamoatchilikka bir narsani taqdim etishimizga koʻp vaqt qolmagani ehtimoldan xoli emas. Yigitlar menga twenty one pilots’ni eslatadi, lekin dramasiz. OnBr juda mehribon, ularda nur koʻp va shu bilan birga ular juda iqtidorli va oʻziga xos. Ruhan ular menga hammadan koʻra koʻproq mos keladi, biz bir xil yulduz changidan yaratilganmiz.

Menga Saya Musa juda yoqadi. U juda oʻziga xos, noodatiy va unda shunday shamancha energetika bor. Bu ham menga yaqin, chunki men hamisha oʻzimni yerdan ancha uzilgandek his qilganman. Yana menga Rishat’ning oxirgi harakat vektori yoqadi — songrayter paydo boʻlishi bilan juda zoʻr treklar chiqa boshladi. Uning performativ fazilatlari va kuchli mualliflik bazasi birgalikda uni juda kuchli artistga aylantiradigan qudratli sinergiyani hosil qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.