Iqtisodiyot

«Işbilarmon ayol – 2026»: ÖzLiDeP ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlamoqda

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi taşabbusi bilan «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida taşkil etilayotgan «Işbilarmon ayol – 2026» körik-tanlovining hududiy respublika bosqiçlari davom etmoqda. Navbatdagi tadbir Farğona viloyatida bölib ötdi.

«Ishbilarmon ayol – 2026»: ÖzLiDeP ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlamoqda

Tanlovning ilk — mahalla bosqichida viloyatdagi 2017 ta mahalla qamrab olinib, unda 10 ming nafardan ortiq ishbilarmon va tashabbuskor xotin-qiz ishtirok etdi. Shu jarayonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, yangi loyihalarni amalga oshirayotgan, mahalladoshlariga ish o‘rinlari yaratib berayotgan ko‘plab iqtidorli ayollar aniqlangan. Hududiy bosqichda esa tadbirkor, hunarmand va fermer ayollar o‘z faoliyati, erishgan natijalari hamda istiqbolli loyihalarini namoyish etib, o‘zaro tajriba almashdi.

Tanlovning ahamiyati shundaki, u ayollarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etish, ularning mehnati va tashabbuslarini munosib e’tirof etish bilan birga, yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham keng imkoniyat yaratmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilaviy daromadini oshirish, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish, mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish kabi masalalarda bunday loyihalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlov ishtirokchilaridan Ra’no Botaboyeva o‘z faoliyati davomida 70 nafardan ortiq xotin-qizni ish bilan ta’minlagani, yana 30 nafardan ziyod ayolga kasanachilik orqali uyida daromad topish imkoniyatini yaratganini ta’kidladi. Shuningdek, u nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan onalarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Uning fikricha, davlatimiz tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ko‘plab ayollarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, nafaqat o‘z oilasi, balki jamiyat farovonligiga ham hissa qo‘shish imkonini bermoqda.

Tadbir yakunida tanlovning faol ishtirokchilari partiyaning tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng muhimi, «Ishbilarmon ayol – 2026» tanlovi orqali ayollarning mehnati qadrlanmoqda, ularning yangi tashabbuslari rag‘batlantirilmoqda va ilg‘or tajribalari keng ommalashtirilmoqda. Bu esa hududlarda ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda mahalla iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.