Dunyo

“Hujumga javob qaytardik”: Zelenskiy ukrainalik hakerlar Rossiya FVVning ogohlantirish tizimini buzganini tasdiqladi

Avval Ukrainaning havo hujumidan ogohlantirish ilovasi buzilib, aholiga yadroviy xavf haqida soxta xabarlar yuborilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiyada ham shunday holat kuzatildi.

“Hujumga javob qaytardik”: Zelenskiy ukrainalik hakerlar Rossiya FVVning ogohlantirish tizimini buzganini tasdiqladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainalik hakerlar Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining (FVV) xavf-xatarlar haqida ogohlantiruvchi mobil ilovasiga kiberhujum qilganini tasdiqladi.

Zelenskiy Amerikaning PBS News telekanaliga bergan intervyusida bu hujum Ukrainaning “Havo trevogasi” ogohlantirish tizimi buzilganiga javob bo‘lganini aytdi.

“Biz shunchaki hujumga javob qaytardik”, — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning aytishicha, Rossiya hakerlari Ukrainaning bank, pensiya, ijtimoiy yordam va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tizimlariga muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelmoqda. “Havo trevogasi” ilovasining buzilishi ham yuzlab, hatto minglab shunday hujumlardan biri bo‘lgan.

1-noyabr oqshomida Ukrainaning “Havo trevogasi” ilovasiga buzib kirilgan. Foydalanuvchilarga radiatsiya va kimyoviy xavf, ko‘cha janglari boshlanishi haqida soxta ogohlantirishlar yuborilgan.

Shuningdek, rus tilida “Salom! Hozir butun Ukraina bo‘ylab yadroviy xavf haqida ogohlantirish beriladi! Xavotir olmang, ‘Oreshnik’ uchib kelyapti!” degan xabar tarqatilgan.

2-noyabrga o‘tar kechasi esa Rossiya FVVning mobil ilovasi ham kiberhujumga uchradi. Uning foydalanuvchilariga mamlakatning “barcha hududlari tomon yadroviy kallaklar uchirilgani” haqida soxta ogohlantirishlar yuborilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.