Dunyo

Rossiya FVV ilovasi «yadroviy hujum» haqida soxta xabar tarqatdi

Rossiya va Ukrainada aholini xavf-xatarlardan ogohlantiruvçi mobil ilovalar kiberhujumga uçradi. Foydalanuvçilarga Rossiya tomon yadroviy kallaklar uçirilgani, Ukrainada esa radiatsiyaviy va kimyoviy xavf yuzaga kelgani haqida soxta xabarlar yuborildi. Ilova işlab çiquvçilari va ikki mamlakatning tegişli idoralari hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Rossiya FVV ilovasi «yadroviy hujum» haqida soxta xabar tarqatdi

DW xabariga ko‘ra, 1-noyabr, yakshanba kuni kechqurun Ukrainada aholini tahdidlardan ogohlantirish uchun ishlatiladigan rasmiy «Havo trevogasi» ilovasi kiberhujumga uchragan. Shundan so‘ng foydalanuvchilarga radiatsiyaviy va kimyoviy xavf haqida yolg‘on bildirishnomalar kela boshlagan. Shuningdek, Kievda ko‘cha janglari xavfi haqida ham xabarlar tarqatilgan.

Hodisaga birinchilardan bo‘lib Ukraina havo kuchlari munosabat bildirdi. Harbiylar ilova ehtimol «dushman taʼsiri»ga uchraganini aytib, hech qanday radiatsiya xavfi yo‘qligini taʼkidladi.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati esa umumdavlat ogohlantirish tizimi odatdagi tartibda ishlayotganini maʼlum qildi. Idoraga ko‘ra, tahdidlar haqidagi barcha signallar viloyat maʼmuriyatlariga hamda ko‘chalardagi ogohlantirish tizimlariga uzatilmoqda.

Keyinroq ilova ishlab chiquvchilari ham tizimga ruxsatsiz kirilganini tasdiqladi.

«Bugun begona shaxslar ilova faoliyatiga ruxsatsiz aralashdi. Biz push-bildirishnomalarni o‘chirdik va ilova ishini vaqtincha to‘xtatdik», - deyiladi ularning Telegram orqali eʼlon qilgan bayonotida.

Ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarni shubhali bildirishnomalardagi havolalarga o‘tmaslikka chaqirdi.

2-noyabrga o‘tar kechasi jamoa kiberhujumdan keyin xizmat faoliyati bosqichma-bosqich tiklanayotganini xabar qildi. Foydalanuvchilar yana havo hujumi xavfi haqida ogohlantirishlar ola boshlagan, biroq ayrim funksiyalar vaqtincha ishlamayotgan edi.

Jamoa ilova foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini saqlamasligini ham taʼkidladi. Ularning bildirishicha, kiberhimoyani kuchaytirish uchun qo‘shimcha choralar joriy etilmoqda.

Deyarli ayni paytda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham o‘z mobil ilovasi «keng ko‘lamli kiberhujum»ga uchraganini maʼlum qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, hujumchilar ilova orqali foydalanuvchilarga Rossiya tomon go‘yoki yadroviy jangovar kallaklar uchirilgani haqida yolg‘on xabarlar yuborgan.

Rossiya FVV mutaxassislar tizimdagi zaiflikni bartaraf etish va xizmatning odatdagi faoliyatini tiklash ustida ishlayotganini bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.