Hindistonda yuk mashinasi ziyoratchilarga borib urilishi oqibatida 15 kishi halok boʻldi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, guruch ortilgan yuk mashinasi tik qiyalikda boshqaruvni yoʻqotgan.

Hindistonda yuk mashinasi ziyoratchilarga borib urilishi oqibatida 15 kishi halok boʻldi
Hindistonning Gvalior shahridagi Shitla Mata ibodatxonasi yaqinida yuk mashinasi boshqaruvni yoʻqotib, ziyoratchilarga urilishi oqibatida 15 kishi halok boʻldi, deb xabar berdi Politsiya 29 kishi jarohatlanganini maʼlum qildi.
Voqea 18-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:30 da sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, guruch ortilgan yuk mashinasi tik qiyalikda boshqaruvni yoʻqotgan.
Yuk mashinasi politsiya toʻsiqlarini buzib oʻtib, ziyoratchilarni urib yuborgan, soʻngra ibodatxona devori va darvozasiga borib urilgan. Politsiyaning maʼlum qilishicha, kamida besh kishining ahvoli ogʻir.
«Bu yoʻlda toʻsiq va politsiya nazorat-oʻtkazish punkti mavjud edi. Transport vositasi u yerga qanday kirib kelganini tergov aniqlaydi», - dedi Gvalior okrugi maʼmuriyati rahbari Ruchika Chauxan.
Guvohlarning soʻzlariga koʻra, yuk mashinasida meyoridan ortiq yuk ortilgan boʻlgan.

