Hindistonda maymun 91 yoshli ayolning oʻlimiga sababchi boʻldi (video)

Hindistonda maymun 91 yoshli ayolning oʻlimiga sabab boʻldi (video)
Hindistonning Karnataka shtatida 91 yoshli ayol oʻz hovlisida maymun hujumiga uchrab, ertasi kuni vafot etdi, deb xabar berdi NDTV.
Voqea Koppal shahrida sodir boʻlgan. Hindistonlik yozuvchi M.S. Savadattining rafiqasi Najamunnisa hovlisida yurgan paytda kutilmaganda unga maymun tashlangan. Ayol yiqilib tushgan. Uning qizi onasiga yordam berish uchun shoshilganida, maymun qizga ham hujum qilgan.
Jabrlanuvchi xususiy klinikaga olib borilgan. Dastlab uning ahvoli yaxshilangani aytilgan, biroq ertasi kuni sogʻligʻi yomonlashgan: ayolning yuragi toʻxtab qolgan.
Bu mintaqada maymun hujumi oqibatida qayd etilgan uchinchi oʻlim. 10-sentyabr kuni Aligarx shahrida 55 yoshli ayol maymunlardan qochishga urinayotib tomdan yiqilib halok boʻlgandi. 14-sentyabr kuni Shimla shahrida ham shunga oʻxshash fojia yuz bergan.

