Mahalliy

Hazoraspda tibbiyot xodimlari obodonlashtirish ishlariga majburan jalb etilgani rad etildi

Hazoraspda tibbiyot xodimlari obodonlashtirish ishlariga majburan jalb etilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Hazorasp tumanidagi tibbiyot muassasalari xodimlari obodonlashtirish ishlariga majburan chiqarilgani va ulardan jarima uchun pul yig‘ilayotgani borasida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Tibbiyot xodimlari Urganch va Xiva shaharlariga olib boruvchi yo‘l bo‘yiga hamda xonadonlarga majburan obodonlashtirish ishlariga olib chiqilgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi.

Qayd etilishicha, atrof-muhitni toza saqlash maqsadida faqat tibbiyot muassasalarining o‘z hududlarida tartibga keltirish ishlari bajarilgan. Xodimlar muassasa hovlisi va ichki hududidan tashqariga chiqarilmagan. SES tomonidan jarima qo‘llangani va uning puli xodimlardan yig‘ib olinayotgani haqidagi iddaolarga ham aniqlik kiritildi.

Sanitariya nazorati jarayonida muassasaning o‘ziga emas, balki xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan va sanitariya-gigiyena qoidalarini buzgan ayrim mas’ul xodimlarga ma’muriy jarima belgilangan.

“Muassasaga nisbatan jarima qo‘llangan taqdirda jarima mablag‘ini xodimlar hisobidan qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyiladi munosabatda.

Boshqarma mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi hamda xodimlar huquqlarining himoya qilinishi doimiy nazoratda ekanini ma’lum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.