Hayratda qoldirish boʻlsa, hayratda qoldirish-da
Qirgʻizistonda dunyodagi eng uzun shisha koʻprik quriladi

Hayratda qoldirsang, shunchalik boʻlsa-da
Qirgʻizistondagi «Ala-Archa» milliy parkida uzunligi 732 metr boʻlgan oynavand osma koʻprik qurish rejalashtirilmoqda. Qurilish yakunlangach, u dunyodagi bunday turdagi eng uzun inshootga aylanishi mumkin.
Loyiha QR Prezidenti Ish boshqaruvchisi Kanibek Tumanbayevning parkka tashrifi chogʻida muhokama qilindi. U nomi oshkor etilmagan Yevropa kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, qurilish uchun tanlangan maydonni koʻzdan kechirishdi.
Ishlarni 2026 yilning noyabrida boshlash va 2027 yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Obekt foydalanishga topshirilgach, uni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda.
Koʻprikdan tashqari, «Ala-Archa» parkida Tepshi platosidan Teke-Too togʻi va sharsharagacha boʻlgan ekologik piyodalar yoʻnalishini barpo etish niyat qilingan. Loyiha parkning turizm infratuzilmasini keng koʻlamli rivojlantirishning bir qismiga aylanadi. Bu yerda allaqachon dor yoʻli foydalanishga topshirilgan, dam olish uylari qurilgan, besh yulduzli mehmonxona qurilishi esa yakuniy bosqichda turibdi.
Yangi obʼyektlar «Ala-Archa»ning turistik imkoniyatlarini kengaytirishi va koʻproq mahalliy hamda xorijiy tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi kerak.
Avvalroq Oʻzbekistonlik turistlar uchun eng ommabop xorijiy yoʻnalish Qirgʻiziston boʻlib qolayotgani haqida xabar berilgan edi.

