Havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha nimalar qilinmoqda?
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo ifloslanishi, uning oldini olish, atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarni

Havo ifloslanishini kamaytirish yo‘lida qanday choralar ko‘rilmoqda?
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo ifloslanishi, uning oldini olish, atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarni kamaytirish hamda ekologik nazoratga doir amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Namanganda chang-gaz tozalash filtrlari bilan jihozlanmagan korxona faoliyati to‘xtatilgani xabar qilingan. Bunga Davlatobod tumanidagi «Porloq» mahallasi aholisining sovun ishlab chiqarish sexidan tarqalayotgan yoqimsiz hid bo‘yicha qilgan murojaati sabab bo‘lgan.
Havo tarkibini o‘rganish maqsadida yangi termal-optik uglerod analizatori ishga tushirilgan. Ushbu uskuna havodagi zarrachalar tarkibidagi organik va elementar uglerod miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Kuz faslida quruq o‘simlik qoldiqlarini yoqish holatlari ko‘paygani sababli mutaxassislar bunday harakatlarning inson salomatligi va atrof-muhitga zararini eslatib o‘tgan. Bu jarayonda hatto bir necha soniya davomida barglar va shox-shabbalarni yoqish ham atmosferaga xavfli moddalar chiqishiga olib kelishi mumkin.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Ekopolitsiya xodimlari korxonalarda reyd o‘tkazgan. Tekshiruvda oqova suvlar tozalanmasdan ochiq joyga tashlanayotgani aniqlangan. Toshkent shahrining Sergeli tumanida esa filtri nosoz issiqxona faoliyati to‘xtatilgan.
Unda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan.

