Dunyo

Harvardga “adaşib kirib qolgan” yurist öz maktabiga 31,4 mln dollar xayriya qildi

Harvard huquq maktabi öz tarixidagi eng yirik xayriyani qabul qilib oldi: 31,4 mln dollar. Bu mablağni oliygohga amerikalik eng muvaffaqiyatli patent yuristlaridan biri Morgan Çu va uning rafiqasi Helen Çu taqdim etişdi. 75 yoşli Morgan hozirga qadar Harvard uni “adaşib qabul qilgani”ni aytib hazillaşadi. U öqigan maktab 2026 moliya yilida 135 mln dollardan ortiq xayriya yiğişga muvaffaq böldi.

Harvardga “adaşib kirib qolgan” yurist öz maktabiga 31,4 mln dollar xayriya qildi

Amerikalik yurist Morgan Çu va uning turmush örtog‘i Helen Çu Harvard huquq maktabiga 31,4 mln dollar berdi. Bu mablağ maktab tarixidagi eng yirik xayriya bölib, oltita yangi professorlik lavozimini moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Morgan Çu intellektual mulk huquqi böyiça ixtisoslaşgan yurist bölib, Harvard huquq maktabini 1976-yilda imtiyozli baholar bilan tamomlagan.

“Maktab meni adaşib qabul qilgani uçun undan minnatdorman. Bu yerda jahon darajasidagi taʼlim oldim va vaqtimni juda maroqli ötkazdim. Helen bilan maktabga rahmat aytmoqçi böldik”, – deya öz xayriyasini izohladi Çu.

Bu Çular oilasining Harvard huquq maktabiga qilgan birinçi xayriyasi emas. Morgan va uning rafiqasi Helen 2013-yilda maktab dekani lavozimini moliyalaştiriş uçun doimiy fond taşkil etişga mablağ ajratgan.

Oila bundan avval talabalar stipendiyalari, akademik yutuqlar uçun mukofotlar va boşqa taʼlim taşabbuslarini ham qöllab-quvvatlagan.

Morgan Çuning oilasi ilm-fan va taʼlim sohasidagi yutuqlari bilan ham tanilgan. Uning akasi Stiven Çu 1997-yilda fizika böyiça Nobel mukofotini olgan. Stiven Çu Barak Obama maʼmuriyati davrida AQŞ energetika vaziri ham bölgan.

Yana bir akasi Gilbert Çu Stenford universitetining tibbiyot maktabida professor bölib işlaydi.

Morgan Çuning ota-onasi Xitoydan AQŞga köçib kelgan va Massaçusets texnologiya institutida (MIT) tahsil olgan. Otasi keyinçalik universitetlarda professor bölib işlagan.

Harvard huquq maktabi maʼlumotiga köra, 2026 moliya yili muassasa tarixidagi eng muvaffaqiyatli mablağ yiğiş davri böldi: xayriyalar hajmi 135 mln dollardan oşdi. Bu avvalgi rekorddan qariyb 30 mln dollar köp.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.