“Harri Keyn bolalar uchun haqiqiy namuna” — Diego Simeone
"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi ingliz hujumchisining “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani borasida fikr bildirdi.

“Harri Keyn bolalar uchun haqiqiy namuna” — Diego Simeone
“Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diego Simeone “Bavariya” hamda Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynning “Oltin to‘p”ni yutgani haqida fikr bildirdi.
"Keynning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi bolalar uchun juda foydali bo‘ldi. Bu bolalarga muhim xulosa beradi: bunday ajoyib cho‘qqilarga erishish va yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun mehnat va kundalik fidoyilik kerak", - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Marca.
France Football jurnali ta’sis etgan “Oltin to‘p” marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tdi. 33 yoshli ingliz hujumchisi Harri Keyn “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe va “Barselona” vingeri Lamin Yamalni ortda qoldirib, professional faoliyatida ilk bor ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi.
“Atletiko” Madrid Chempionlar ligasining 4-turida o‘z maydonida “Bavariya”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 3-noyabrdan 4-noyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

