Texnologiya

Har 1,63 soniyada bir aylaniş: Yer atmosferasiga kirgan asteroid rekordçi bölib çiqdi

Xitoylik olimlar boşçiligidagi xalqaro guruh 2024 XA1 asteroidi öz öqi atrofida atigi 1,63 soniyada bir marta aylanganini aniqladi. Tadqiqotçilarga köra, bu hozirgaça maʼlum Yerga yaqin asteroidlar orasidagi eng qisqa aylaniş davridir.

Har 1,63 soniyada bir aylanish: Yer atmosferasiga kirgan asteroid rekordchi bo‘lib chiqdi

2024 XA1 asteroidi 2024-yil 4-dekabr tongida Sharqiy Sibir ustidan Yer atmosferasiga kirgan. U bundan atigi 10 soat avval aniqlangan bo‘lib, bu asteroidning Yerga kelib tushishini oldindan aytishga muvaffaq bo‘lingan 11-holat edi.

Tadqiqotga Xitoy Fanlar akademiyasi Yunnan astronomiya observatoriyasi ilmiy xodimi Chjan Silyan va shu muassasa aspiranti Fan Syanyuy rahbarlik qilgan. Natijalar The Astronomical Journal jurnalida eʼlon qilingan.

Kuzatuv uchun so‘nggi bir soat qolgan edi

Olimlar asteroid atmosferaga kirishidan oldingi so‘nggi bir soat davomida uni Litszyandagi ko‘zgusi diametri 2,4 metr bo‘lgan teleskop yordamida kuzatgan. Ular osmon jismi yorqinligining o‘zgarishini qayd etib, aylanish davrini hisoblagan.

Natijada 2024 XA1 o‘z o‘qi atrofida 1,63 soniyada bir marta aylangani maʼlum bo‘lgan. Avvalgi rekordchi — 2024 BX1 asteroidida bu ko‘rsatkich 2,58 soniyani tashkil etgan.

Bunday tezlikda nega parchalanib ketmagan?

Tadqiqotchilarning tushuntirishicha, bunday tez aylanishda yuzaga keladigan markazdan qochma tezlanish asteroid sirtidagi gravitatsiya tezlanishidan ancha katta bo‘ladi.

Bu esa 2024 XA1 asosan o‘z tortishish kuchi bilan birlashib turgan bo‘sh parchalar to‘plami emas, balki yaxlit qattiq jism bo‘lganini ko‘rsatadi. Uni parchalanishdan materialining ichki mustahkamligi saqlab turgan.

Olimlar asteroid yirikroq osmon jismining to‘qnashuvi va parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Asteroidni aniqlash va unga tayyorlanish orasida soatlar qolishi mumkin

Kichik asteroidlarning o‘lchami, xiraligi va tez harakatlanishi ularni erta payqashni qiyinlashtiradi. Shuningdek, ehtimoliy to‘qnashuv energiyasini baholash uchun ham qisqa vaqt ichida yetarli maʼlumot to‘plash zarur bo‘ladi.

Tadqiqotda keltirilishicha, asteroidning atmosferaga kirishi oldindan muvaffaqiyatli bashorat qilingan 13 holatning barchasida gap o‘lchami bir necha metr atrofidagi jismlar haqida borgan. Ularni aniqlashdan atmosferaga kirishigacha ikki soatdan 21 soatgacha vaqt qolgan.

Tadqiqotchilar yangi yondashuvlar shunday qisqa muddatda aniqlangan osmon jismlarining fizik xususiyatlarini tezroq o‘rganishga yordam berishini kutmoqda. Bu maʼlumotlar asteroid tahdidini baholash va erta ogohlantirish usullarini takomillashtirishda qo‘llanishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.