Hakerlar Fransiyadagi yuzlab supermarketlarda muzlatkichlarni oʻchirib qoʻydi
Doʻkonlar aynigan mahsulotlarni tashlab yuborishga majbur boʻldi.

Hakerlar Fransiyadagi yuzlab supermarketlarning muzlatkichlarini ishdan chiqardi
11-oktabrga o‘tar kechasi hakerlar Fransiyadagi yuzlab supermarketlarning sovutish tizimlariga kiberhujum uyushtirdi. Jinoyatchilar uskunalarni muzdan xalos bo‘lish rejimiga o‘tkazib yuborgan, buning natijasida do‘konlar aynigan mahsulotlarni tashlab yuborishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg.
Intermarché tarmog‘iga egalik qiluvchi Groupement Mousquetaires vakiliga ko‘ra, tarmoqning 150 ga yaqin do‘koni zarar ko‘rgan. Sovutgich va muzlatkichlar taxminan olti soat davomida Selsiy bo‘yicha 50 darajagacha qizib ketgan, oqibatda go‘sht, muzlatilgan mahsulotlar va sabzavotlar aynib qolgan. Mousquetaires ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tizimlarni Daniyaning Danfoss kompaniyasi boshqargan va rasmiylarga aynan yetkazib beruvchining o‘ziga shikoyat bilan murojaat qilish lozim.
Hujum Coopérative U tarmog‘iga ham ta’sir qilganini tarmoq bosh direktori Dominik Shelsher ma’lum qildi. Uning yuzga yaqin do‘koni jabrlangan. Shuningdek, ayrim Leclerc supermarketlari ham hakerlar nishoniga aylangan. Danfoss Fransiyadagi hodisalardan xabardor ekanini va mijozlar bilan birga oqibatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rayotganini bildirdi.
Danfoss vakili Lars Grubak Loff asosan sovutish tizimlarini boshqarishning eskirgan modellari, jumladan, dasturiy ta’minot tizimlari buzib kirilganini aytdi.

