Hakerlar Berlinning dronlarga nisbatan zaif tomonlari ko‘rsatilgan maxfiy hujjatlarni qo‘lga kiritdi — OAV

Hakerlar Berlinning dronlarga nisbatan zaif jihatlari aks etgan maxfiy hujjatlarni qo‘lga kiritdi — OAV
Berlin senatining kompyuter tizimlariga kirib, qariyb 5,79 TB ma’lumotni o‘g‘irlagan Rhysida hakerlar guruhi Germaniya poytaxtining dronlarga nisbatan zaif tomonlarini ko‘rsatadigan yuzlab hujjatlarni ham qo‘lga kiritgan.
Hakerlar qariyb 2 million yevro tovon puli talab qilgan. Mahalliy hukumat belgilangan muddatda pulni to‘lamagach, ular taxminan 1,5 millionta faylni — ichki yozishmalar, maxfiy hisobotlar, parollar va fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini internetga tarqatgan.
Berlin — Brandenburg oliy aviatsiya xizmatining 2025-yil noyabrdagi maxfiy hujjatida dronlar “qo‘riqlanadigan hududga istalgan paytda xavfli buyumlarni yetkazishi mumkinligi” haqida ogohlantirilgan, deb yozadi nashr. Shuningdek, ularga portlovchi moddalar o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomalarni internetdan oson topish mumkinligi qayd etiladi. Hujjatdagi ogohlantirishga 2025-yil 2-avgust kuni yuz bergan hodisa sabab bo‘lgan. O‘shanda dron Berlin aeroporti terminali ustidan, parvozlar taqiqlangan hududning aynan markazidan uchib o‘tgandi.

