Layfstayl

Hakamlar «moʻʼjiza» deb atagan surat: Nikkor fototanlovining eng yaxshi kadrlari

Nikon Japan 74-Nikkor Photo Contest gʻoliblarini eʼlon qildi. Bosh sovrin suv ostida olusha qushini yaqin masofadan tasvirga olgan Mayumi Takeutiga nasib etdi. «Tabiat» yoʻnalishida esa goʻyo bir-birining koʻzgudagi aksidek uchayotgan ikki boyoʻgʻli surati oltin mukofotni qoʻlga kiritdi.

Hakamlar «moʻʼjiza» deb atagan surat: Nikkor fototanlovining eng yaxshi kadrlari

Yaponiyada 1953-yildan beri har yili oʻtkazib kelinadigan ushbu tanlovda havaskor hamda professional fotograflar qatnashadi. Musobaqa bir nechta yoʻnalishni qamrab oladi va gʻoliblar uchun pul hamda boshqa sovrinlar belgilangan.

Kanagava prefekturasidan Mayumi Takeuti bosh sovrinni olib kelgan kadrni suv ostida olgan. U keng burchakli obyektiv, kamera uchun mustahkam suv oʻtkazmaydigan gʻilof va impulsli chaqnoqdan foydalangan.

Suratga olish chogʻida fotograf bilan olusha orasidagi masofa bir metrdan ham kam boʻlgan. Hakamlar bu kadrni «moʻʼjiza» deb taʼriflagan.

«Tabiat» yoʻnalishidagi oltin mukofot Fukuokadan Koiti Ikedaga berilgan. U parvozdagi ikki boyoʻgʻlini shunday lahzada tasvirga olganki, qushlar goʻyo bir-birining koʻzgudagi aksidek koʻrinadi.

Nikon maʼlumotiga koʻra, fotograf bu kadrni fokus masofasi 800 millimetr boʻlgan superteleobyektiv yordamida olgan.

Ushbu yoʻnalishda kumush mukofot Keyko Negisiga nasib etgan. Masato Nakata, Yasuyuki Konisi va Akira Sato esa bronza sovrindorlari boʻlgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.