Hafta davomida Oʻzbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda
Oʻzbekiston hududining katta qismida shu haftada quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Ayrim kunlarda baʼzi hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzgi harorat +32…+37 daraja atrofida boʻladi.

Oʻzbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo prognoz qilinmoqda
Joriy ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, deb xabar beradi Oʻzgidromet.
Ayrim kunlarda Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida va 10−11 sentyabr kunlari Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Harorat foni ancha barqaror boʻlib qoladi: kechasi — +15…+20 daraja, kunduzi — +32…+37 daraja atrofida boʻladi. Shimoli-gʻarbda kunduzgi harorat +30…+33 darajadan +25…+28 darajagacha pasayadi.
Togʻli hududlarda 7 va 11 sentyabr kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shamol tezligi 7−12 m/s, 8−10 sentyabrda shimolda va choʻl hududlarida, 11 sentyabrda esa respublikaning ayrim joylarida 13−18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkentda biroz oʻzgaruvchan bulutli, yogʻingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Ustuvor harorat kechasi +17…+20 darajani tashkil etadi, kunduzi koʻrsatkichlar +32…+34 darajadan +35…+37 darajagacha oʻzgarib turadi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

