Dunyo

Gruziyada 59 nafar noqonuniy migrant ushlandi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Gruziyada 59 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Gruziyada mamlakat hududida noqonuniy yashab kelgan 59 nafar xorijlik ushlandi. Ular safida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

Ushlanganlar orasida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Keniya, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Misr, Gana, Efiopiya, Filippin, Sudan, Kamerun va Xitoy fuqarolari borligi aytilgan.

Migratsiya departamenti xodimlari maxsus immigratsiya nazorati doirasida xorijliklar bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan bir qator manzil va obyektlarni tekshirgan.

Tekshiruv chog‘ida 59 kishi Gruziyada xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi qonun talablarini buzgan holda yashab kelayotgani aniqlangan.

“Ular Migratsiya departamentining vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Hozirda xorijliklarni Gruziyadan chiqarib yuborish bo‘yicha tegishli tartib-taomillar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston fuqarolarining aniq soni, ularning yoshi, jinsi va shaxsiga oid boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Gruziya IIV ma’lumotiga ko‘ra, migratsiya qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirganidan beri 160 ta maxsus immigratsiya nazorati tadbiri o‘tkazilgan. Ularda jami 18 mingga yaqin xorijlik tekshirilgan, aniqlangan noqonuniy migrantlarning ming nafari mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

8-sentyabr kuni Gruziyadan yana 61 nafar xorijlik chiqarib yuborilgan. Ular orasida ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Yil boshidan buyon mamlakatdan deportatsiya qilingan xorijliklar soni qariyb 3 ming nafarga yetgan.

May oyida ham Gruziyada 45 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olinib, mamlakatdan chiqarib yuborilishi ma’lum qilingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.