Dunyo

Rossiya qurilish obyektlarida mehnat migrantlari soni oshdi

Qurilish obyektlarida 20 mingga yaqin xorijiy ishchi mehnat qilmoqda. Bu soʻnggi 10 yillikdagi koʻrsatkichlar bilan taqqoslaganda qariyb besh foizga koʻpdir.

Rossiyaning qurilish sohasida mehnat migrantlari soni ortdi. Bu haqda Quruvchilar milliy birlashmasi («NOSTROY») prezidenti Anton Glushkov maʼlum qildi, uning soʻzlarini «RIA Novosti» agentligi keltirdi.

Glushkovning taʼkidlashicha, hozirda qurilish obyektlarida qariyb 20 ming xorijiy ishchi faoliyat yuritmoqda. Bu soʻnggi oʻn yillikdagi koʻrsatkichlarga nisbatan qariyb besh foizga koʻproqdir.

Anʼanaviy tarzda, migrantlar asosan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan keladi. Hozirda Oʻzbekistondan kelayotgan ishchilar soni Tojikistondan kelayotganlarga nisbatan biroz koʻproq. Shuningdek, Rossiya Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Myanma va Vetnam kabi davlatlardan ham ishchilarni jalb qilishni boshlagan.

Glushkov Sibir va Uzoq Sharqda ishlayotgan shimoliy koreyalik quruvchilar haqida ham ijobiy fikr bildirdi. Ular intizomliligi, yuqori mehnat unumdorligi, migratsiya siyosati bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarmasligi va Rossiya qonunchiligiga qatʼiy rioya qilishi bilan ajralib turadi.

Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, Rossiya Shimoliy Koreya fuqarolariga 36413 ta viza bergan, bu bir yil avvalgiga nisbatan deyarli toʻrt baravar koʻpdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.