Gretsiyadagi aviashouda qiruvchi samolyot qulab tushdi
Gretsiyada aviashou vaqtida F-4 Phantom qiruvchi samolyoti qulab tushdi.

Gretsiyadagi aviashouda qiruvchi samolyot quladi
"Tanagrada koʻrgazmali parvoz vaqtida F-4 Phantom qiruvchi samolyoti qulab tushdi", - deb xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, samolyot havoga koʻtarilganidan bir necha daqiqa oʻtib pastga shoʻngʻigan va yerga urilib ikkiga boʻlinib ketgan.
Samolyotning har ikki qismida yongʻin chiqqan. Yongʻinni oʻchirishga 11ta vertolyot va samolyot jalb etilgan.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, samolyotning ikki uchuvchisi halok boʻlgan.

