Google rahbariyati Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi
Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat organlari bilan aloqalar va davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy maʼlumotlar bilan işlaş sohasida amalga oşirilgan islohotlar global texnologiyalarning mamlakat bozoriga kirişi uçun yangi imkoniyatlar oçganini taʼkidladi.

Google rahbariyati O‘zbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi
Joriy yil boshida O‘zbekiston shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi yondashuvini yangiladi. Ma’lumotlarni qat’iy lokalizatsiya qilish o‘rniga, moslashuvchan va muvozanatli yondashuv tanlandi. Uning fikricha, bu o‘zgarishlarning amaliy natijasi ham ko‘p kuttirmadi — Google Pay O‘zbekistonda ishga tushdi.
“Hukumatlar oldindan tushunarli va global tizimlar bilan o‘zaro ishlay oladigan qoidalarni yaratsa, global texnologiyalar ham tez kirib keladi”, - deb yozdi u.
Doron Avni o‘z postida Google Pay’ning O‘zbekistonda ishga tushirilishi AQSh davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatga tashrifi va Samarqanddagi C5+1 vazirlar sammiti davomida e’lon qilinganiga ham urg‘u berdi. Uning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston va AQShning raqamli modernizatsiyani jadallashtirish borasidagi umumiy intilishini ko‘rsatadi.
“O‘zbekiston pragmatik siyosat orqali yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish mumkinligini amalda ko‘rsatmoqda”, - deb yozdi Google vitse-prezidenti.
Ma’lumot uchun: Saida Mirziyoyeva joriy yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashib, texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan edi.
“Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda”, - degan edi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekistonda Google Pay hamda Apple Pay tizimi to‘laqonli ishga tushgani e’lon qilindi.

