Dunyo

Gollivud yulduzi Nikolas Keyj yer o‘pirilishi sababli uysiz qoldi

Aktyor ushbu hovlini 2024-yilda 10,5 million dollarga sotib olgan edi.

Gollivud yulduzi Nikolas Keyj yer o‘pirilishi oqibatida uysiz qoldi

62 yoshli amerikalik mashhur aktyor Nikolas Keyj Malibu sohilidagi hovlisidan ayrildi. Uning uyi yaqinida katta yer yorig‘i paydo bo‘lgani sababli aktyor oilasi bilan mehmonxonalarda tunashga majbur bo‘lmoqda.

Sentyabr boshida Malibuda kutilmagan geologik muammo yuz berdi. Aktyor uyiga tutash yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi va hududdagi gaz quvuriga zarar yetdi. Shu bois Keyjning oilasi xavfsiz joyga ko‘chirildi va ular hozir mehmonxonalarda yashab turibdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Nikolas Keyj bu hovlini 2024-yilda 10,5 million dollarga xarid qilgan edi.

Jurnalistlar aktyordan Hellouin bayramini qanday o‘tkazishini so‘rashganda, u uni uyida nishonlay olmasligini aytdi.

“Hozir uysiz qoldim. Malibudagi uyim bilan bog‘liq muammo sababli shunchaki mehmonxonalarda yashab turibman”, deydi Nikolas Keyj.

Mahalliy mutasaddilar favqulodda holat e’lon qilib, xavfli hududdagi 31 ta uy aholisini ko‘chirdi. Malibuda kuchli yomg‘irlar va “Mari” to‘foni sababli tuproq ko‘chishi hamda suv toshqini xavfi mavjud. Vayron bo‘lgan yo‘l qachon ta’mirlanishi va odamlar qachon uylariga qaytarilishi hozircha noma’lum.

Shu sababli Nikolas Keyj va uning rafiqasi — rassom Shibata Riko hozir yosh qizalog‘i Avgusta Francheska bilan birga vaqtinchalik mehmonxonada yashashga majbur bo‘lmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.