Gollivud aktyorlarining real hayotdagi qahramonlari bilan tushgan suratlari

Gollivud aktyorlarining real hayotdagi qahramonlari bilan birga tushgan suratlari
Oddiy fuqarolardan tortib, taniqli olimlar va sportchilargacha bo‘lgan turli shaxslarning hayot yo‘li asosida yaratilgan ko‘plab filmlar mavjud. Quyida mashhur aktyor va aktrisalarning ekranda gavdalantirgan qahramonlari bilan uchrashgan lahzalari aks etgan fotosuratlarni tomosha qiling.
**Robert De Niro va Jeyk La Motta**
Bu film italiyalik amerikalik mashhur bokschi, professional boks bo‘yicha jahon chempioni Jeyk La Mottaning xotiralariga asoslangan. Filmda bosh rolni Robert De Niro ijro etgan. Mazkur kartina ko‘plab mukofot va nominatsiyalarga sazovor bo‘lgan.
**Eddi Redmeyn va Stiven Hoking**
Redmeyn 6 oy davomida Hokingning hayoti bilan tanishib, topa olgan barcha intervyu yozuvlarini ko‘zdan kechirgan. U olimning talaffuzini ham o‘rgangan. Natijada aktyor ham, film ham ko‘plab mukofot va nominatsiyalarga sazovor bo‘lgan.
**Riz Uizerspun va Sheril Strayed**
Filmda bosh rolni Riz Uizerspun ijro etgan. Ushbu roli uchun aktrisa ko‘plab mukofotlarga nomzod bo‘lgan.
**Uill Smit va Muhammad Ali**
Buyuk bokschi rolini Uill Smit ijro etgan. Aktyor ham, film ham ko‘plab mukofotlar va nominatsiyalarga sazovor bo‘lgan – film tanqidchilar tomonidan ham iliq kutib olingan.
**Sandra Bullok va Li Enn Tui**
Sandra Bullok filmda Mayklni asrab olgan onasi Li Enn Tui rolini o‘ynaydi.
**Bred Pitt va Billi Bin**
Film “Matematika dunyodagi eng mashhur sport ligasini qanday o‘zgartirdi” kitobiga asoslangan. Kitob Oakland Athletics beysbol jamoasi va uning bosh menejeri Billi Bin haqida. Filmda bosh rolni Bred Pitt ijro etadi. Film kassada muvaffaqiyat qozonib, 73 ta mukofotga nomzod bo‘lgan va ulardan 19 tasini qo‘lga kiritgan.
**Jeyk Jillenhol va Jeff Bauman**
Bosh rolda Jeyk Jillenhol.
**Emma Stoun va Billi Jin King**
Ikkinchisining rolini Emma Stoun o‘ynaydi.
**Leonardo Di Kaprio va Frenk Ebigneyl**
Frenk Ebigneyl rolini Leonardo Di Kaprio ijro etgan.
**Margo Robbi va Tonya Harding**
Syujet 1994-yilda uning figurali uchish bo‘yicha raqibi va Olimpiya terma jamoasidagi do‘sti Nensi Kerriganga qilingan hujumga qaratilgan. Margo Robbi Tonya Harding rolini o‘ynaydi. Film ham, aktrisa ham ko‘plab mukofot va nominatsiyalarga sazovor bo‘lgan.
**Beyonse va Etta Jeyms**
Beyonse amerikalik qo‘shiqchi Etta Jeyms rolini o‘ynaydi.

