Iqtisodiyot

Global iqtisodiy integratsiya yoʻlidagi qatʼiy qadamlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQShga tashrifi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonning JSTga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi masalasi boʻyicha koʻp tomonlama va ikki tomonlama muzokaralar jarayoni, milliy qonunchilikni xalqaro normalarga uygʻunlashtirish, shuningdek, tashkilot bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Aʼzo boʻlish […]

**Global iqtisodiy integratsiya yoʻlidagi qatʼiy qadamlar**

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQShga tashrifi davomida Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okondjo-Iveala bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning JSTga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi bilan bogʻliq koʻp tomonlama va ikki tomonlama muzokaralar, milliy qonunchilikni xalqaro normalarga muvofiqlashtirish, shuningdek, tashkilot bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish — bu nafaqat tashqi iqtisodiy qadam, balki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur tizimli islohotlarning, shuningdek, rivojlanishning yangi bosqichiga oʻtishning muhim qismidir. Jahon savdosining 98 foizini qamrab olgan keng koʻlamli iqtisodiy makonda teng sharoitlarda ishtirok etish mahalliy ishlab chiqaruvchilarga global bozorlarga adolatli shartlarda chiqish imkoniyatini beradi.

Milliy qonunchilik va bozor qoidalarini JSTning ilgʻor standartlariga muvofiqlashtirish, oʻz navbatida, mamlakatda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga, monopoliyalarni qisqartirishga va tashqi savdodagi maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Xalqaro savdo qoidalariga rioya qilish Oʻzbekistonning xalqaro obroʻ-eʼtiborini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, mamlakatga yirik xorijiy investitsiyalar, transmilliy korporatsiyalar va innovatsion texnologiyalar oqimini tezlashtiradi.

JST rahbariyati bilan muzokaralar Oʻzbekistonning ochiqlik, global iqtisodiyotga faol integratsiyalashuv va erkin bozor tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Bu saʼy-harakatlar xalq farovonligini oshirishga va mamlakat iqtisodiyotining global raqobatbardoshligini taʼminlashga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.