Germaniyada quyon sabab uchta samolyot aeroportga qo‘nolmadi

Germaniyada quyon sababli uchta samolyot aeroportga qo‘nishga muvaffaq bo‘lmadi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Drezden aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘lik quyon topilgan. Bu holat ikki yo‘lovchi samolyotining yarim soat davomida havoda aylanib turishiga, yana bir samolyotning esa boshqa aeroportga yo‘naltirilishiga olib kelgan. Xususan, Gannover shahridan kelgan Cessna samolyoti va Barselonadan (Ispaniya) kelgan Airbus A321 yo‘lovchi samolyoti o‘z vaqtida qo‘na olmagan. Boshqa bir muntazam reys esa Leypsig shahriga yo‘naltirilgan.

Quyon 12-iyul kuni soat 20:00 atrofida, samolyot yerga qo‘nayotgan paytda yo‘lakka yugurib chiqqan. Hayvon nobud bo‘lgan, lekin havo kemasiga hech qanday zarar yetmagan va u keyinchalik parvozini davom ettirgan. Ushbu hodisa avtomatik ravishda majburiy xavfsizlik protokolini ishga tushirgan.

“Hodisa sodir bo‘lgach, mutaxassislar yo‘lakda yotgan narsalar bor-yo‘qligini tekshirishga majbur bo‘lishdi”, deb yozilgan xabarda.

Aeroport va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari hayvon qoldiqlarini olib tashlab, yo‘lakni qon izlaridan tozalashdi. Shu sababli uchish-qo‘nish yo‘lagi soat 20:10 dan 20:40 gacha yopiq bo‘ldi. Tekshiruv tugagach, yo‘lak qayta ochildi va aeroport faoliyati odatdagi tartibga qaytdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.