Navoiyga Belgiyadan zotdor qoramol olib kelindi

«Air Atlanta Icelandic» aviakompaniyasining Boeing 747-400 yuk samolyoti Belgiyaning Lej shahridan Navoiy xalqaro aeroportiga maxsus reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.Samolyot orqali umumiy og‘irligi 82,5 tonna bo‘lgan 165 bosh zotdor yirik shoxli qoramol yetkazib berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Yuk aeroportning zamonaviy...

Navoiyga Belgiyadan zotdor qoramol yetkazib berildi

«Air Atlanta Icelandic» aviakompaniyasining Boeing 747-400 yuk samolyoti Belgiyaning Lej shahridan Navoiy xalqaro aeroportiga maxsus reysni muvaffaqiyatli bajardi. Samolyot orqali umumiy og‘irligi 82,5 tonna bo‘lgan 165 bosh zotdor yirik shoxli qoramol olib kelindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yuk aeroportning zamonaviy yuk terminalida tezda tushirilib, milliy va xalqaro talablarga muvofiq veterinariya, bojxona va chegara nazoratidan o‘tkazildi. Yukni qabul qilish, tushirish va rasmiylashtirish jarayonlari yuk terminali mutaxassislari hamda bojxona, chegara va veterinariya xizmati xodimlarining samarali hamkorligi natijasida qisqa muddatda yakunlandi, deyiladi xabarda. Avvalroq Qoraqalpog‘istonga Pokistondan 200 bosh zotdor yirik shoxli qoramol olib kelinishi haqida ma'lumot berilgan edi.