Dunyo

Germaniyada oʻnglar gʻalabasi, Kavkazda fojia va zerikkan Tramp – kun dayjesti

Oʻtgan kun davomida jahonda roʻy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. Rossiya Kiyevga yana ballistik raketalar bilan zarba berdi, Eron AQShga qarshi yangi «iqtisodiy urush» boshlanishidan ogohlantirdi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa Oyga nisbatan daʼvo bilan chiqdi.

Germaniyada oʻnglar gʻalabasi, Kavkazda fojia va zerikkan Tramp – kun dayjesti

Rossiya Kiyevga yana ballistik raketalar bilan zarba berdi, Eron AQSHga qarshi yangi «iqtisodiy urush» boshlanishidan ogohlantirdi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa Oyga nisbatan daʼvo bilan chiqdi.

Oʻta oʻng qanotdagi «Germaniya uchun muqobil» partiyasi Saksoniya-Anhalt federal hududi parlamenti saylovlarida ishonchli gʻalabaga erishdi.

Partiya 43,8 foiz ovoz oldi. Bu uning hududiy parlament saylovlarida qayd etgan eng yuqori natijasidir. Natijada u Saksoniya-Anhaltning 83 oʻrinli parlamentida 39 ta mandatga ega boʻladi. Mutlaq koʻpchilik uchun esa 42 ta mandat kerak.

Xristian-demokratik ittifoqi 17,2 foiz ovoz toʻpladi. Bu XDI uchun hududiy saylovlar tarixidagi eng yomon natija boʻldi — partiya 2021-yilgi natijadan ikki baravar kam ovoz oldi va 1998-yildagi tarixiy antirekorddan ham past koʻrsatkich qayd etdi.

XDI yetakchisi va Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlindagi matbuot anjumanida oʻz partiyasining magʻlubiyatidan «qattiq larzaga tushgani»ni aytdi. «Bunday boʻlishini kutmagandik. Natijani tan olishimiz kerak; demokratiyamiz qoidalari shunday. Ammo kecha nafaqat Saksoniya-Anhaltda, balki butun Germaniya boʻylab nimadir oʻzgardi», – dedi u.

Shu tariqa, ultra oʻng kuchlar Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda ilk bor hukumat shakllantirish imkoniyatiga ega boʻldi. Mutlaq koʻpchilikni qoʻlga kirita olmagani sababli ushbu partiya koalitsion hukumat tuzishga majbur boʻladi. Germaniyaning yetakchi partiyalari, jumladan XDI, «brandmauer» siyosatiga amal qiladi — Germaniyada oʻta oʻng partiyalar bilan hamkorlik qilishni rad etish shunday ataladi. Biroq parlamentga oʻtgan yana bir partiya — «Sara Vagenknext ittifoqi» — hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Bu partiyada 5 ta mandat bor.

AQSH prezidenti elchilarining Moskva va Kiyevga tashriflari arafasida Rossiya va Ukraina oʻrtasida havo zarbalari boʻyicha uch kunlik taqiq muddati tugab, yana oʻzaro zarbalar almashinuvi boshlandi.

Xususan, Rossiya Ukraina poytaxtiga navbatdagi marta ballistik raketalar bilan hujum qildi. Bu AQSH prezidenti elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Kiyevni tark etishidan koʻp oʻtmay yuz berdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.