Geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari uchun ogohlantiruvchi tamgʻalar shakllari tasdiqlandi
Ular Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan boʻlib, endilikda geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasi Oʻzbekiston Respublikasida ushbu belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli markirovkani qoʻllashi mumkin.

Geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari uchun ogohlantiruvchi markirovkalar shakllari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 05.09.2026 yildagi 469-son qarori bilan geografik koʻrsatkich va kelib chiqish joyi toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi markirovkalarning shakllari va tavsifi tasdiqlandi.
«Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasi geografik koʻrsatkich yonida tovarda yoki oʻramda qoʻllaniladigan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini koʻrsatuvchi ogohlantiruvchi markirovkani joylashtirishi mumkin.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 07.09.2026 yildan kuchga kirdi.

