FVV xonanda Jasur Umirovning hatti-harakatlari bo‘yicha izoh berdi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chorvoq suv omborida qutqaruv nimchasisiz cho‘kib vafot etgan uch kishi (ota va

FVV xonanda Jasur Umirovning xatti-harakatlari yuzasidan izoh berdi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda taniqli xonanda Jasur Umirov kichik yoshdagi bola bilan yuqori tezlikda katerda, qutqaruv nimchasiz harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
FVV ushbu holat bo‘yicha Jasur Umirovning xatti-harakatlariga izoh berdi.
Mazkur shov-shuvli videoni tasvirga olgan xonanda bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari hamda Ichki ishlar vazirligining Turizm politsiyasi xodimlari profilaktik suhbat o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida suv havzalarida bunday xatti-harakatlarning xavfli ekani tushuntirildi.
Xonandaning o‘zi ushbu videoni tarmoqlardan o‘chirib tashlagani, muxlislari va obunachilariga bunday ehtiyotsiz harakatlarni tavsiya qilmasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chorvoq suv omborida qutqaruv nimchasisiz cho‘kib vafot etgan uch kishi (ota va ikki o‘g‘il)ning jasadi topilgandi.

