Mahalliy

Frantsiyalik mutaxassislar Toshkentdagi Romanovlar saroyi kollektsiyasidan oʻrin olgan eksponatlarni restavratsiya qilishdi

Frantsiyalik mutaxassislar Toshkentdagi Romanovlar saroyi toʻplamidagi eksponatlarni qayta tikladilar

6 oktyabrdan 30 oktyabrgacha Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyida Frantsiyalik ekspertlarning Romanovlar saroyi toʻplamidagi tarixiy-badiiy buyumlarni saqlash va qayta tiklashga qaratilgan birinchi restavratsiya missiyasi boʻlib oʻtdi.

Missiya davomida Frantsiyadan kelgan 9 nafar mutaxassis ikki asosiy yoʻnalish boʻyicha ish olib bordi. Jumladan, Delfin Eli-Lefevr rahbarligidagi 5 nafar ekspertdan iborat guruh tarixiy toʻplamdagi 7 ta mebel buyumini restavratsiya qildi.

Parallel ravishda Patrisiya Verje-Libay boshchiligidagi 4 nafar ekspertdan iborat jamoa oʻsha toʻplamdagi 4 ta rangtasvir asarini va ularning romlarini qayta tikladi.

Missiyani oʻtkazishdan maqsad Romanovlar saroyining tarixiy-badiiy boyliklarini saqlab qalish, ularning asliyligini taʼminlash hamda restavratsiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Romanovlar saroyi 2021 yildan beri restavratsiya uchun yopilgan. Shu yilning may oyida obʼyekt hududida yopiq moda namoyishi oʻtkazilganidan keyin uning atrofida jamoatchilik eʼtirozlari avj oldi. Oʻshanda aholi va jamoatchilik faollari meʼmorchilik yodgorligi tashrif buyuruvchilar uchun yopiqligicha qolayotgan bir paytda undan tijorat tadbiri uchun foydalanishni tanqid qilgan edilar.

Keyinchalik Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi namoyish faqat yondosh hududda oʻtkazilgani va saroyning ichki xonalariga daxl qilmaganini tushuntirdi. Idora, shuningdek, restavratsiya yakunlangach, obʼyekt tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy muzey maydoni sifatida ochilishini maʼlum qilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.