Dunyo

Fransiya afğon migrantlarini deportatsiya qilişni «Tolibon» bilan muhokama qilmoqda

Fransiya yaşaş ruxsatnomasi bölmagan ayrim afğon migrantlarini vataniga qaytariş böyiça «Tolibon» vakillari bilan muzokaralar ötkazmoqda. Parij toliblar hukumatini rasman tan olmagan va u bilan diplomatik munosabatlar örnatmagan. Muxolifat esa bunday muloqotni toliblar bilan munosabatlarni normallaştirişga qadam sifatida tanqid qilmoqda.

Fransiya afğon migrantlarini deportatsiya qilish masalasini «Tolibon» bilan muhokama qilmoqda

DW yozishicha, Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunyes 2-noyabr kuni parlamentdagi chiqishida muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qilgan.

«Biz mamlakatda noqonuniy turgan ayrim afğonlarni qaytarish imkoniyatiga erishishga harakat qilmoqdamiz. Gap texnik muhokamalar haqida ketmoqda», - deya vazirning so‘zlarini keltirgan AFP agentligi.

Nunyesning taʼkidlashicha, Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan, Germaniya ham toliblar bilan shunday aloqalarni saqlab turibdi.

Asosiy eʼtibor jinoyat uchun sudlanganlarni qaytarishga qaratilgan

Fransiya «Tolibon» 2021-yilda Afg‘onistonda hokimiyatni qayta egallaganidan keyin tuzilgan hukumatni rasman tan olmagan. Ikki tomon o‘rtasida diplomatik munosabatlar ham mavjud emas.

Shunga qaramay, AFP maʼlumotiga ko‘ra, Fransiya afg‘on fuqarolarini vataniga qaytarishni tezlashtirish tarafdori bo‘lgan Yevropa Ittifoqining qariyb 20 davlati qatoriga kiradi. Ular orasida Germaniya, Belgiya va Shvetsiya ham bor.

Bu davlatlar, birinchi navbatda, jinoyat sodir etgani uchun sudlangan afg‘on fuqarolarini qaytarishga intilmoqda.

Nunyes Fransiyada bo‘lib turgan ayrim afg‘onlar «jamoat tartibiga tahdid solishi mumkin»ligini aytgan. Shu sababli ularni deportatsiya qilish hukumatning ustuvor vazifalaridan biri ekanini bildirgan.

Muzokaralar Fransiya muxolifatining tanqidiga sabab bo‘lgan. «Ekologlar» partiyasi deputati Lea Balaj El-Mariki hukumatni toliblar bilan «diplomatik munosabatlarni normallashtirish» jarayonini boshlashda ayblagan.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, toliblar «gender aparteidi» siyosatini yuritib, insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etmoqda. U shunday hukumat bilan munosabatlarni normallashtirishga eʼtiroz bildirgan.

Sentabr oyida BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk odamlarni Afg‘onistonga majburan qaytarishni to‘xtatishga chaqirgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.