Mahalliy

Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ekstremistik kontent mavjudligi boʻyicha tekshirishlari mumkin boʻladi

Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni ekstremistik kontent mavjudligi boʻyicha tekshirishlari mumkin boʻladi

MY.SUD.UZ interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga Oʻzbekistonda ekstremistik deb topilgan internet-resurslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi yangi «Taqiqlangan kanallar» servisi ish boshladi.

Ushbu servis yordamida foydalanuvchilar diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qiluvchi internet-manbalar roʻyxati bilan tanishishlari mumkin. Oliy sud qarori bilan ushbu materiallarni respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan.

Platforma taqiqlangan resurs va kanallarni turli ijtimoiy tarmoqlar va servislar, jumladan, YouTube, TikTok, Instagram, Threads va boshqa maydonchalar boʻyicha saralagan holda qidirish imkonini beradi. 13 iyul holatiga koʻra, ushbu roʻyxatga 1882 ta internet-manba kiritilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.