Sport

Foto: Samarqandda 46-jahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi qanday oʻtdi

Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ochildi. Turnir ishtirokchilari teatrlashtirilgan tomosha, musiqiy dastur, dronlar shousi va mushakbozlik bilan kutib olindi. «Gazeta» muxbiri Yevgeniy Sorochin tantanali ochilish marosimidan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Samarqandda 46-jahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi qanday oʻtdi

15 sentyabr kuni kechqurun Samarqandda shaxmat Olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir «Boqiy shahar» majmuasi amfiteatrida tashkil etildi va unda teatrlashtirilgan hamda musiqiy chiqishlar, milliy madaniyat elementlari, 3D-videoxaritalash (videomepping), dronlar shousi va mushakbozlik namoyish etildi.

Rasmiy qismni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning turnir ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Shuningdek, mehmonlar oldida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti vazifasini bajaruvchi, besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand soʻzga chiqdi.

Marosim davomida ranglar qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda FIDE sobiq jahon chempioni, oʻzbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov va ayollar oʻrtasida toʻqqizinchi jahon chempioni Chju Chen ishtirok etdi.

Olimpiadaning birinchi turi 16 sentyabr kuni boshlandi. Musobaqalar 27 sentyabrga qadar davom etadi va ochiq hamda ayollar sektsiyalarida 11 turdan iborat boʻladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.