Foto: «Olmazor» metrosi oʻtish yoʻlida murallar paydo boʻldi. Ularni kim va nima uchun chizdi?
«Olmazor» metro bekatidan Toshkent avtovokzaliga oʻtish yoʻli strit-art maydonchasiga aylandi. Bu yerda Oʻzbekiston tarixi va madaniy merosiga bagʻishlangan toʻqqizta mural paydo boʻldi. «Gazeta» ularni kim va nima maqsadda yaratganini aniqladi.

Foto: «Olmazor» metrosi yaqinidagi oʻtish yoʻlida murallar paydo boʻldi. Ularni kim va nima uchun chizdi?
«Olmazor» metro bekati yaqinidagi yer osti oʻtish yoʻlidan har kuni minglab odamlar oʻtadi. Chiqish yoʻllaridan biri Oʻzbekistonning aksariyat hududlariga reyslar joʻnab ketadigan Toshkent avtovokzaliga olib boradi. Bunday yoʻlovchilar oqimi fonida ushbu joy uzoq vaqt davomida qarovsiz va xavfli boʻlib qolgan edi. Avgust oyi oxirida oʻtish yoʻli oʻzgardi: «Oʻzbekligim — oʻzligim» nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan hamda Chilonzor tumani hokimligi koʻmagida rassomlar uning devorlarini mamlakat tarixi va madaniy merosiga bagʻishlangan murallar bilan bezashdi.
NNT rahbari Mohira Sultonovaning soʻzlariga koʻra, loyihadan koʻzlangan maqsad yosh strit-art rassomlarini qoʻllab-quvvatlash — «ular oʻz mahoratlarini koʻrsatishlari uchun» sharoit yaratish boʻlgan.
Loyiha kuratori Marjona Hamrayevaning maʼlum qilishicha, jamoa yettidan ortiq lokatsiyani koʻrib chiqqan. Tanlov katta odamlar oqimi, jumladan, xorijliklar koʻpligi sababli «Olmazor» metrosi yaqinidagi oʻtish yoʻlida toʻxtagan. Tuman hokimligi toʻqqiz nafar rassomning ishlashi uchun sharoit yaratib berdi va yoritish masalasida yordam koʻrsatdi. Materiallar uchun barcha xarajatlarni tashkilotchilar oʻz zimmalariga olishdi.
Bekatdan avtovokzalgacha boʻlgan oʻtish yoʻlining oʻzi uchta uzun yoʻlakning kesishishi tarzida qurilgan. Ular ochiq doirasimon maydonchada birlashadi, murallarning asosiy qismi aynan shu yerdagi devorlarda joylashgan. Rassomlar deyarli ikki hafta davomida — 13 avgustdan 25 avgustgacha joyida ishlashdi.
Yana Yusupova oʻz ishini Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishladi. U qoʻlida qogʻoz kemacha tutgan doʻppi kiygan qizchani tasvirlagan. Markaziy obrazni Registon maydoni, Xiva minoralari, «Yangi Oʻzbekiston» bogʻidagi Mustaqillik monumenti, shuningdek, zamonaviy koʻp qavatli binolarning taniqli siluetlari toʻldirib turadi.
Rassom qizning yuzi va qoʻllarini aerografiya usulida, qolgan qismini esa moʻyqalam bilan bajargan. Devorning yuqori qismini taxminan 3 metr balandlikda, havozalarda (lesa) turib boʻyashga toʻgʻri keldi.
Yusupova Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlarida strit-art va graffiti ommaviyligining oshishini ijobiy baholaydi. Uning soʻzlariga koʻra, yaqin-yaqingacha oʻtish yoʻlida «hatto nigoh toʻxtatadigan joy yoʻq edi», endi esa bu yerda yoʻlovchilarning kayfiyatini koʻtaradigan oʻziga xos energetika paydo boʻldi.
Rassom Rustamjon Choʻliyev uchun bu loyiha shahar murali ustida mustaqil ishlash borasidagi ilk tajriba boʻldi — bungacha u faqat tajribali ustalarga yordam berib kelgan. U oʻgʻlining boshiga kosmik skafandr dubulgʻasini kiydirayotgan onani tasvirlagan. Rassomning soʻzlariga koʻra, ushbu obrazni yaratishda Yer masofaviy zondlash sunʼiy yoʻldoshi — Samarkand-2028 ning uchirilishi ilhom manbai boʻlgan. Ammo bu yerda kosmos — shunchaki tuygʻular haqida gapirish uchun bir bahona. Mural markazida — bolaga qarab, kelajakda uning oldida eng aql bovar qilmas imkoniyatlar ochilishiga ishonayotgan onaning faxr-iftixori aks etgan.
Choʻliyevning aytishicha, loyiha ishtirokchilari bir-birlariga yordam berishgan, chunki ishlash oson boʻlmagan: issiq tufayli faqat ertalabki va kechki soatlar qulay boʻlgan, tunda esa sunʼiy yoritish xalaqit bergan. U ushbu tashabbus rassomlarni birlashtirganini taʼkidlab, uning davom etishiga umid bildirdi.
«Agar rassomlarni qoʻllab-quvvatlash davom etsa, biz ham oʻz kuchimiz yetganicha ushbu sohani rivojlantirishga eʼtibor qaratamiz. Koʻplab rivojlangan mamlakatlar va megapolislarda strit-art — bu shahar qiyofasiga oʻziga xos goʻzallik bagʻishlaydigan narsa. Menimcha, bu Oʻzbekistonga har tomonlama foyda keltiradi», — deb hisoblaydi rassom.
, loyiha jamoasiga oʻz tashabbusi bilan qoʻshildi — u bu haqda yoʻlovchilar ilk murallar ustida ish ketayotgan vaqtdayoq suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videolardan bilib qolgan.
Yer osti oʻtish yoʻli devorlarida u Oʻzbekiston tarixining turli davrlari va voqealarini — tarixdan oldingi davrlardan to mustaqillikka erishilgunga qadar boʻlgan davrni yagona vizual qatorga jamladi: arablar istilosi, Temuriylar davrida Samarqandning gullab-yashnashi, Rossiya imperiyasi tomonidan kolonizatsiya qilinishi, urushlar, sovet industriallashtirishi va qatagʻonlari, paxta dalalaridagi mehnat. Qora-oq gammada bajarilgan muralni rassomning oʻz silueti va «Tarix hali ham yozilmoqda…» degan yozuv yakunlaydi.
Rassom ongli ravishda faqat yutuqlarni koʻrsatishdan qochgan.
«Men printsipial jihatdan tarixni faqat gʻalabalardan iborat silliq chiziq sifatida koʻrsatishni istamadim, shunchaki ish bahs-munozaralarga sabab boʻlmasligi va hammaga yoqishi uchungina bunday qilmadim. Bunday tarix mavjud emas. Mustaqillik, sen butun yoʻlni koʻrganingda, xatolarni takrorlamaslik uchun ularni tan olganingda va oʻz kelajagingni yozish uchun masʼuliyatni oʻz zimmangga olganingda yanada tushunarliroq boʻladi», — deya mural kontseptsiyasini tushuntirdi Vargunza.
Kamolov ishlagan devor yoriqlar va dogʻlar bilan qoplangan, baʼzi joylari toʻkilib tushgan edi, biroq rassom bunday yuza ishni yanada ifodaliroq qiladi deb hisoblab, uni yangilamaslikka qaror qildi. Mural yakunlanganidan bir necha kun oʻtgach, devorning bir qismi boʻyab tashlandi, bunda jadidlarning yuzlariga ham boʻyoq tegib, rasm buzildi. Buni kim va nima uchun qilgani nomaʼlum.
Kamolov strit-artda bafing — boshqalarning ishlarini boʻyab tashlash — agar rasm nozik mavzularga daxl qilsa yoki ruxsatsiz chizilgan boʻlsa, odatiy amaliyot ekanini taʼkidlaydi.
Ammo agar ish allaqachon kelishilgan va maʼqullangan boʻlsa, muallif ishtirokisiz unga oʻzgartirishlar kiritish odobdan emas.
«Ruxsat berishganda, yakuniy ishni koʻrib, ularga yoqqanini aytishadi, yakunda esa ishga oʻzgartirishlar kiritishadi — bu eng kamida rassomga nisbatan hurmatsizlikdir. Buni kim va nima uchun qilganini bilmayman, lekin ishni buzmasdan devorni yangilashning koʻplab variantlari bor edi. Rassom bilan maslahatlashish yoki buni uning oʻzidan iltimos qilish mumkin edi», — deydi Vargunza.
Muallif oʻz ishiga nisbatan har kuni turlicha fikrlar va turlicha talqinlarni qabul qilib olmoqda va ularni ijobiy baholaydi. Uning soʻzlariga koʻra, agar yoʻlovchilar faqat «chiroyli» degan baho bilan cheklanib, hech qanday his-tuygʻularni boshdan kechirishmaganida, bu juda yomon boʻlar edi. Rayterning mamnun boʻlishiga sabab, mural tomoshabinlarni tarix boʻyicha bilimlardagi boʻshliqlarni toʻldirishga — «birorta ham matn satri boʻlmagan suratlar orqali bir oz boʻlsa-da maʼrifatliroq boʻlishga» undaydi.
Loyiha kuratorining soʻzlariga koʻra, «Oʻzbekligim — oʻzligim» NNT bu kabi aktsiyalarni mamlakat uchun muhim sanalar bilan bogʻlagan holda yanada kengroq miqyosda oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Keyingi murallar shaharda Yangi yil bayrami arafasida paydo boʻlishi mumkin.

