Mahalliy

Toshkentda “tochka” talashib janjallashgan tilanchilar jazolandi

Toshkentda "O‘zbekiston" metro bekati yaqinida tilanchilik joyi ustida kelishmovchilikka borgan ikki shaxs – 19 yoshli yigit va 23 yoshli ayol javobgarlikka tortildi.

Ma'lum bo'lishicha, 2007-yilda tug‘ilgan O.J. va 2003-yilda tug‘ilgan SH.A. ismli shaxslar 23-avgust kuni kechki soat 20:00 atrofida metro bekati oldidagi bir joyni talashib, janjallashib ketishgan. Hodisa joyiga yetib kelgan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ularga jamoat joyida fuqarolar tinchligini buzish va yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik aybini qo‘yishgan.

Sud majlisida ayblanuvchilar ishsiz ekanliklarini, voyaga yetmagan farzandlari borligini ta'kidlab, qilgan ishlaridan afsusda ekanliklarini bildirishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi ularni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 188-3-moddasi 1-qismi (tilanchilik qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi. Natijada, yigitga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi, ayolga esa 1 million 236 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizning yo‘lovchilarning oyog‘iga yopishib tilanchilik qilgani sababli uning onasi jarimaga tortilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.