Dunyo

Floridada qulab tushgan samolyot uchuvchilaridan biri 20 yoshli qiz bo’lgan — NYP

Qurbonlar orasida multimillionerning oilasi, jumladan, rafiqasi, to‘rt va ikki yoshli farzandi, ularning enagasi va oilaning do‘stlari bo‘lgani ma’lum qilindi.

Floridada qulagan samolyot uchuvchilaridan biri 20 yoshli qiz bo‘lgan — NYP

AQSHning Florida shtatida 1-noyabr kuni Learjet 60 xususiy samolyoti halokatga uchradi. Hodisa natijasida to‘qqiz kishi vafot etdi. Samolyot uchuvchilaridan biri 20 yoshli Natalya Filgeyras ekani aniqlandi.

Aviahalokat AQSH prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lago nomli xususiy qarorgohidan taxminan 15 kilometr uzoqlikda yuz bergan. Natalya Filgeyras 17 yoshida uchuvchilik litsenziyasini olgan. U to‘qqiz oy davomida tijoriy aviatsiyada uchuvchi sifatida ishlagan va jami 1 300 soat parvoz qilgan. Qiz yanvar oyida 21 yoshga to‘lishi kerak edi.

Natalyaning qarindoshiga ko‘ra, u halokatdan 10 daqiqa oldin yigitiga qisqa xabar yuborgan. Unda samolyot kuchli silkinayotgani va muzlayotgani aytilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda samolyot katta tezlikda, deyarli tik holatda yerga urilgani ko‘rinadi.

Zarba oqibatida halokat joyida ulkan krater hosil bo‘lgan. Aviahalokatdan oldin dispetcherlar bilan bo‘lgan muloqotda ekipaj o‘rtacha darajadagi turbulentlik va samolyot muzlayotgani haqida xabar bergan. Aviahodisa oqibatida multimillionerning oilasi ham halok bo‘lgani aytilmoqda. Samolyot bortida ikki uchuvchidan tashqari texnologik kompaniya rahbari Adam Robinson, uning rafiqasi Xelen Sharp, to‘rt va ikki yoshli farzandlari, bolalarning enagasi hamda oilaning do‘stlari bor edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.