Texnologiya

Ferrari kompaniyasi 296 GT superkarini taqdim etdi

Ferrari 730 ot kuchiga ega 296 GT Modificata superkarini taqdim etdi. Yangi model 296 GT3 Evo modeliga asoslangan boʻlib, trekdagi poygalar uchun moʻljallangan.

Ferrari kompaniyasi 296 GT superkarini taqdim etdi

Ferrari kompaniyasi nomida GT Modificata qoʻshimchasi bor 296 superkarining yangi talqinini namoyish qildi.

Avtomobil 296 GT3 Evo poyga modeli negizida ishlab chiqilgan.

Dvigatel 730 ot kuchi va 800 N·m aylanuvchi lahzaga ega modernizatsiya qilingan 2,9 litrli V6 turbomotordan iborat. Muhandislar turbokompressorlar, tirsakli val, shuningdek, mashinaning havo tortish tizimi va interkulerlarini takomillashtirdi. Bundan tashqari, sportkar past bosimli yangi yonilgʻi nasosiga ega boʻldi. Shu bilan birga, Ferrari hozircha superkarning aniq xususiyatlarini oshkor qilmayapti.

Bundan tashqari, GT Modificata modeliga yangi aerodinamik paket qoʻshildi. Unga quyidagilar kiradi: oʻzgartirilgan old splitter, yirik havo yutgichlar va kattalashtirilgan plastinalarga ega yirik antiqanot.

Superkar salonida olti nuqtali xavfsizlik kamarlariga ega choʻmichsimon oʻrindiqlar oʻrnatildi. Haydovchi uchun orqa koʻrinish kamerasi, shinalardagi bosim datchiklari, maxsus V-Box oʻlchov majmuasi va Bosch telemetriyasi mavjud.

Yangi modelning narxi eʼlon qilinmagan. Hozircha faqat mashina cheklangan adadda ishlab chiqarilishi maʼlum.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.