Iqtisodiyot

Fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari eʼlon qilindi

Bu tashqi bozorda paxtaga boʻlgan talabning kamayishi va eksport qilishdagi logistika xarajatlarining oshishi bilan bogʻliq.

Fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari eʼlon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilish davomida fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari eʼlon qilindi.

Paxtani birjada sotgan fermerga, shuningdek, uni sotib olgan klasterga har bir tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya ajratiladi. Oʻz yerlarida paxta yetishtirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million soʻmdan subsidiya oladi.

Mutasaddilarga tayyor mahsulot eksport qiluvchilarning chet el valyutasidagi kreditlari boʻyicha 5 foizdan, milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha esa 14 foizdan oshgan foiz qismini uch yil davomida kompensatsiya qilish boʻyicha hisob-kitoblarni tayyorlash topshirildi.

Bundan tashqari, marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish masalasi boʻyicha takliflar tayyorlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.