Fargʻona vodiysida epitsentri Qirgʻizistonda boʻlgan yer silkinishi sezildi
Fargʻona vodiysi viloyatlarida 2 dan 3 ballgacha boʻlgan yer silkinishi sezildi. Uning epitsentri Qirgʻizistonda joylashgan boʻlib, magnitudasi 5,2 ni tashkil etdi.

Fargʻona vodiysida epitsentri Qirgʻizistonda boʻlgan yer silkinishi qayd etildi.
4 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:34 da Fargʻona vodiysi viloyatlarida 2 balldan 3 ballgacha boʻlgan yer silkinishlari sezildi.
Respublika seysmoprognostik monitoring markazi maʼlumotlariga koʻra, zilzila epitsentri Qirgʻizistonda joylashgan. Uning magnitudasi 5,2 ni, chuqurligi — 10 km ni tashkil etdi.
Epitsentrdan Toshkentgacha boʻlgan masofa janubi-sharqiy yoʻnalishda 373 km ni tashkil etadi.

