Mahalliy

Farg‘onada maktab farroshiga shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit 4 sutkaga qamaldi

Farg‘onada maktab farroshiga shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit 4 sutkaga qamaldi.

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 19 yoshli yigit maktab farroshiga shilqimlik qilgani uchun 4 sutkaga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Voqea 10-avgust kuni soat 10:30 atrofida tumandagi umumta’lim maktablaridan birining oldida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 2007-yilda tug‘ilgan H.I. maktab oldidan o‘tayotganida ishdan chiqayotgan farrosh N.Sh.ni uchratgan. Shundan so‘ng u ayolga shahvoniy mazmundagi gaplarni aytib, jinsiy aloqa uchun pul taklif qilgan.

Bundan g‘azablangan jabrlanuvchi yigitga o‘zining o‘g‘li tengi ekanini aytgan va holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Sudda H.I. ayolga aytgan gaplarini hazil deb izohlagan va suddan yengillik so‘ragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi H.I.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik qilish) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga 4 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Avvalroq, Toshkent viloyatida o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamalgan edi. Shuningdek, Samarqandda maktab o‘qituvchisiga shilqimlik qilgan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi 5 sutka ma’muriy qamoqqa olingan, Sirdaryoda esa o‘quvchi qizga Telegram orqali shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborgan maktab maslahatchisi 5 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.